Seshanba, 18-iyun, 2013 Toshkent vaqti: 11:57

Madaniyat

“Yarim Tun O’ttiz” – bin Ladenni qanday topishgan?

Loading
12:00:00 / -:--:--
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Oskar mukofotiga besh kategoriya bo’yicha ko’rsatilgan “Yarim Tun O’ttiz” (Zero Dark Thirty) kartinasida Al-Qoida asoschisi, birinchi raqamli terrorchi Osama bin Ladenni qidirib topish bo’yicha maxfiy operatsiya tasvirlangan. Yaqinda katta ekranda chiqqan bu film ancha shov-shuvga sabab bo’layapti.
"Yarim Tun O'ttiz"/Shohruh Hamro
Loading
12:00:00 / -:--:--

Tergovchi: Ochig’ini aytaymi senga? Senga do’st emasman, yordam bermayman. Seni sindiraman. Savollar bormi?

“Yarim Tun O’ttiz” fimi – Osama bin Ladenning o’ldirilishiga yetaklagan xufyona reyd haqida hikoya qiladi. "Zero Dark Thirty" harbiy termin bo'lib, operatsiya boshlangan vaqtni, 00:30 (24:30) ni anglatadi. Al-Qoida rahbarini topishda qo’llangan usullar, ya’ni qiynoqlar ham yaqqol ko’rsatilgan unda.

Film rejissyori Ketrin Bigelou bu kadrlar haqiqat, nima bo’lganini ochib berish uchun muhim edi, deydi.

“Operatsiyani asl holicha ko’rsatishga ahd qilgan edik. Bu nozik mavzu, lekin 10 yil davom etgan ovda qo’pol usullar qo’llanganini hech kim rad etolmaydi”, - deydi Bigelou.

Tergovchi: Bin Ladenni qachon ko’rgansan? Bin Ladenni oxirgi marta qachon ko’rgansan!!

Kartinani tanqid qilayotganlar orasida qonunchilar ham bor. Mana bu simulyatsiyada ko’rsatilgani kabi, mahbuslarni qiynab, ma’lumot olish effektiv choradek ko’rsatilgan, deydi ular. 

Respublikachi senator Jon Makkeynning ta’kidlashicha, film aslo haqiqatni aks ettirmaydi.

“Bu kinoni ko’rib, sun’iy suvga cho’ktirishlar bilan ma’lumot yig’ishgan ekan, so’ngra uni bin Ladenni topish uchun ishlatishgan ekan, degan xato xulosaga kelasiz”, - deydi u.

Lekin 2011-yilning mayida, bin Laden o’ldirilganidan ikki kun o’tib, Vakillar Palatasining xavfsizlik qo’mitasi rahbari, kongressmen Piter King yuqoridagi da’volarni haqiqat deb tasdiqlagan edi. 

“Shundan xabarim borki, ilk ma’lumotni tergovchilar Xolid Shayx Muhammaddan, uni suvga bo’kritib olishgan”.

Kongressmen endi tekshiruv o’tkazishni talab qilmoqda. Uning fikricha, film ijodkorlari Markaziy Razvedka Boshqarmasi va Mudofaa vazirligidan maxfiy informatsiya olgan.

Ssenariy muallifi Mark Boul ayblovlarni qat’iyan rad etadi.

“Film tomoshabinni sahna ortiga, jamoatchilikdan sir saqlanadigan bir dunyoga chorlaydi. Buning nimasi yomon”?

“Yarim Tun O’ttiz” AQSh qamoqxonalarida mahbuslar tahqirlanishini ochib bergan ilk kartina desak xato bo’ladi.

“Oskar” mukofotini olgan “Zulmat tomon taksi” hujjatli filmida Iroqning Abu G’arib qamoqxonasidagi qiynoqlar tasvirlanadi.

Rejissyor Lora Poytras esa 2010-yilgi “Ont” filmida AQShning Kubadagi Guantanamo qamog’idagi ahvolga nazar tashlaydi.

“Amerika Ovozi” bilan suhbatda ijodkor AQSh yuzini yerga qaratgan amaliyotlarni qoraladi.

“So’nggi to’qqiz yil ko’plab amerikaliklar uchun mavhum bir davr. Qiynoqlar qonuniylashtirilgani, maxfiy turmalar…” 

Ayrim tanqidchilar deydiki, “Yarim Tun O’ttiz” filmini ko’rib, qiynoqlar ba’zida o’zini oqlaydi deb xulosa qilish mumkin. Rejissyorning javobi – filmda ko’rsatilgan sahnalar haqiqat.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: John E-mail adresingiz: sharq
28.01.2013 08:35
Film nomi to'g'ri tarjima qilinganmi?
Manda sal boshqacharoq firk bor.
Zero bu yarim emas nol degani. To'g'ri so'zma so'z tarjima qilish unchalik ham yahshimas. Filmni to'liq ko'rganla balki fikr bildirishar? Zero Dark manimcha manosi "Zulmat yo'q" "Zulmat qolmadi" degan manolarni bersa kerak. Thirty so'zi nima maqsadda ishlatilgan bilmadim. Deylik bir oy 30 kun shundan olinganmikan? Uzbeklarda oyni 15 i qorong'u bo'lsa 15 i yorug' bo'ladi degan gap borku. Balki film ijodkorlari endi Zulmat barham topdi oyni 30 kuni ham yorug' degan manoni berishmoqchimikan. Agar fikri ojizim to'g'ri bo'lsa film nomi tarjimasini ko'rib chiqish mumkindir. masalan "Zulmatsiz o'ttiz". Adashgan bo'lsam oldindan uzr. Iltimos muallif tarjimangizga izoh bersangiz. Omad!

Javob

Fikr bildiruvchi: Amerika Ovozi
28.01.2013 17:46
Siz haqsiz. Filmlarning nomi doim ham to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinmaydi. Bollivud filmlarini oling. Film nomlarining o'zbekcha yoki ruscha tarjimasi aksariyat hollarda asl nomdan farq qilgan. Zero Dark Thirty ruschada "Birinchi raqamli nishon" deb tarjima qilingan. Filmning nomi harbiy atamadan olingan. Zero Dark Thirty AQSh harbiylari tilida yarim tundan keyingi 30 daqiqani anglatadi, ya'ni operatsiya vaqtini.

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • Demokrat kongressmen Eni Faleomavaega so'zlamoqda
  • Respublikachi kongressmen Dana Rorabaker so'zlamoqda
  • AQSh Mudofaa vaziri muovini Piter Lavoy so'zlamoqda
  • AQSh Mudofaa vaziri muovini Piter Lavoy so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • AQSh Davlat kotibi muovini Robert Bleyk so'zlamoqda
  • Ilhom Ne'matov, O'zbekistonning AQShdagi elchisi
Fotogalereya

Fotogalereya Ilhom Ne'matov AQShda elchilikni tugatdi

2010-yildan beri Vashintonda O’zbekiston elchisi bo’lgan Ilhom Ne’matov Toshkentga qaytmoqda. Uning o’rniga Baxtiyor G'ulomov, uch yildan beri Belgiyada elchilik qilib kelayotgan diplomat, tayinlanishi kutilmoqda. Ammo bu nomzodlik O’zbekistonda hali rasman tasdiqlanmagan. O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida olingan suratlar, 13-iyun, 2013

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI