QR - mobil saytga kirishning oson yo'li

"Quick Response" (QR) tezkor javob demakdir. 2D shtrix-kodini qo'l telefoningiz (smartfon) orqali tasvirga tushirishingiz mumkin. Ya'ni informatsiyani ko'chirish uchun shu kod kifoya.
Undan foydalanish uchun:
1. Mobil telefoningiz yoki qo’lingizdagi boshqa vosita internetga ulangan bo’lishi kerak. Shuningdek, kamerasi bo’lsin.
2. QR kodini o’qiydigan programma (QR code reader) kerak.
Hozirda aksariyat telefonlar u bilan jihozlangan. iPhone egalari iTunes, Android egalari Android market orqali, Windows Mobile foydalanuvchilari esa bu kompaniya saytidan yuklab olishlari mumkin. QR kodini o’qiydigan programma bormi, demak, endi saytimiz kodini tasvirga tushirishingiz mumkin. U sizni mobil sahifamizga yetaklaydi.
Mobil sahifamiz – boy axborot manbai. Video va foto suratlarni tomosha qilib, audio reportajlarni tinglaysiz, tahliliy maqolalarimizni o’qiysiz. Muxlislarimiz butun dunyo bo’ylab bizning m.voanews.com/uzbek/ saytimizga kira boshlagan, qo’llaridagi smartfonlar bilan. Imkon bo’lsa, marhamat, ular qatoriga siz ham qo’shiling!