Javdat Sayhon Javdat "Amerika Ovozi" O'zbek xizmati mudiri. Teleradio sohasida 1985-yildan beri ishlaydi. Ota-bobolari aslida Farg'ona vodiysidan, ammo o'zi Turkiyada tug'ilib katta bo'lgan. Istanbul Davlat Universiteti muhandislik fakultetini bitirgan. Keyinchalik Vashingtondagi Amerika Universitetida (American University) tasviriy media bo'yicha magistrlik darajasini olgan. Avval Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo'limi, undan oldin esa O'zbek xizmati bosh prodyuseri bo'lgan.
Navbahor Imamova
Navbahor "Amerika Manzaralari" turkumidagi ilk teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.