Bizni o'qing, tinglang va tomosha qiling:
Seshanba, 02-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 04:24

Fotogalereya

  • Bayram archasi o'rnatilgan maydon doimo gavjum.
  • Butun yil davomida yig'ilgan mol tezaklari qishda uy isitish va hatto non yopish uchun qo'l keladi.
  • Hovlida qoldirilgan mashinalar tonggacha ana shunday libos kiyadi
  • Ota-onalari qarshisida qish haqida she'rlarni yoddan o'qish bolalarda faxr uyg'otadi
  • O'yinqiroq go'daklar uchun qish ayozi hech narsa emas
  • Nam qor tunda muzlagach, hovlilarda o'stirilgan manzarali nozik butalar hobud bo'lad
  • Maydalab yog'ayotgan ikki kunlik qor shahar bolalariga ermak
  • Bu qishloq ahli qish kunlarida chiroqsiz bo'lsada, chorva ortidan tezak-tappi yoqib uylarini isitishadi
  • Asht nohiyasining tog'li Shivar qishlog'i. Tog' etagida yozgi chorva qo'toni ko'rinib turibdi
  • Xo'jand shahriga butun qish davomida ham qor tushmasligi mumkin. Ko'chalarda toshko'mir qop'lab sotiladi.
  • Tojikistonda ayrimlar melodiy yangi yeil bayramiga zid bo'lsalarda, davlat muassasalari, jumladan bog'chalarda bu yeil ham yangi yeil shodiyonalari.
  • Tog'li qishloqqa olib boruvchi yo'l hozircha bexatar
  • Tog' etaklaridagi qishloqlarga ham qor tushdi
  • So'g'dning tog' etagi qishlqolariga eltuvchi yo'llar qish faslida mana shunday qo'r orasidan o'tadi va havo iligan chog'da ko'chki nihoyatda xavfli
  • Shahardagi bolalar maydonchasi havo iliguncha kimsasiz qoladi
  • Qorli kunlarda chana bolalarning joni, dili
  • Qorbobosiz qish - qishmi...
  • Qorbobo oldida archaga bag'islab she'r aytish bolalarga zavq bag'ishlaydi
  • Qishning chiroqsiz uzoq tunlaridan so'ng bolalar sandalidan ko'ra qorli ko'chada kun o'tkazishni ma'qul ko'radilar
  • Qishing sovuq kunlarida dumbali qaynoq tandir sombo'sa joningizga darmon bo'ladi
  • Kitobini qor bosgan shoir Kamol Xo'jandiy go'yo sovuqni sezmagandek.

Tojikistonda qahraton qish, fotolavha

Chop etilgan kun 26.12.2012

Tojikistonda qish aholi uchun sinov. Chiroqsizlik uzoq sovuq tunlar ko’pchilkning joniga tekkan. Asrlardan beri odamlar joniga oziq bo’lib kelayotgan chorva tezagi asosiy isitish manbai. Qishloq joylarida sutkasiga atigi 4-5 soatdan elektr toki beriladi xolos. Holbuki, hukumat qaroriga ko’ra, elektr energiyasi uchun limit nohiyalarga sutkasiga 14 soatdan deb belgilab qo’yilgan. Tojikistonda yirik tabiiy ko’mir konlari bo’lsada, ulardan foydalanish juda orqada qolgan. Konlar tog’larda joylashgan va ulardan foydalanish juda mushkul. Ilgari qish uchun aholi tonnalab ko’mir olgan bo’lsa, hozir uni qoplab va kilogrammlab olish odat tusiga kirgan. Uning bir qopi 15 dollar atrofida. Shahar aholisi uchun umumiy isitish tizimi ertakka aylanib qolganiga ancha yillar bo’lgan.