Bizni o'qing, tinglang va tomosha qiling:
Seshanba, 16-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 09:52

Fotogalereya

  • O’shdagi muqaddas Sulaymon Tog’i etagidagi saylgohlar yana gavjumlashmoqda.
  • Onajonlar mittivoylarni ochiq havoda sayl qildirishga oshiqmoqda.
  • Bolalar ochiq havoda o'ynashga chiqqan.
  • Bolalar ochiq havoda o'ynashga chiqqan.
  • Gullar ham issiq do’konlardan ko’chalarga sochilib chiqqan.
  • Uy bekalari xonadonlarga oro bermoqda.
  • Gullar ham issiq do’konlardan ko’chalarga sochilib chiqqan.
  • Dov-daraxtlarga shakl berilmoqda.
  • Novvoylarning ishi qizigan.
  • Qishki telpaklardan qutilish payti keldi.
  • Yosh qizlar iliq oftob nuri ostida o'tiribdi.

Qirg'izistonga bahor erta keldi

Chop etilgan kun 06.02.2013

Qir’gizistonda qish erta boshlandi Endi esa chilla chiqib-chiqmay bahor nafasi kelmoqda. Mahalliy sinoptiklarga ko’ra, havo harorati shu kunlarda 10-12 daraja iliq. Ko’klam har qachongidan barvaqt kelishi kutilmoqda. Bugun qor o’rniga Janubiy Qirg’izistonda iliq bahor yomg’iri shivirlamoqda. O’sh ko’chalarida dov-daraxtlarga shakl berish ishlari odatdagidan bir oy avval boshalandi. Supirish-sidirish ishlari ham avjida. Bekalar xonadonlarga oro bermoqda. Gullar ham issiq do’konlardan ko’chalarga sochilib chiqqan. Dehqonlar bahorgi dala ishlariga tayyorgarlikni boshlagan. Issiqxonalarda poliz ekinlari ko’chatlari yetishtirilmoqda. Qahraton qish o’rtasida bahor havosidan to’yib-to’yib nafas olish odamlarga ajib tuyg’u baxsh etadi. Ammo keksalar, oftobga yuzini tovlar ekan, “qishning bir kuni qolsa ham qo’rq”, deb qo’yishadi.