Chop etilgan kun 14.11.2011
2010 yilning iyun oyida dahshatli voqealarni boshdan kechirgan, etnik nafrat qurboni bo'lgan O'sh ahli qayta oyoqqa turishga, xalqaro hamjamiyat yordami bilan hayotini tiklashga urinmoqda. Mahallalar vayrona, qo'rqinch hissi arimagan, ammo odamlar ko'ziga boqsangiz umid uchqunlarini ham ko'rasiz. Ushbu rasmlar "Amerika Ovozi" rus xizmati xodimi Erika Marat tomonidan olingan.