Chop etilgan kun 25.08.2012
Yaqinda Toshkentda AQSh-O'zbekiston yillik muzokaralari bo'lib o'tdi. Vashington ularni maslahat kengashi deb ataydi. Xavfsizlik, Afg'oniston, qoradori savdosiga qarshi kurash, savdo va sarmoya, huquq va demokratiya hamda madaniy aloqalar muhokama qilindi. Tomonlar bugungi munosabatlar ko'lamidan mamnun, lekin AQSh davlat kotibi muovini Robert Bleykning tan olishicha, respublika inson huquqlari bobida oldinga siljishi kerak. So'z va matbuot erkinligi, diniy erkinlik, fuqaro huquqlari masalalarida... Navbahor Imamova Davlat departamentida bo'lib, diplomatni suhbatga tortdi.