Netanyaxu G’azoning Misr bilan chegaradagi Rafah shahriga qo’shin yuborish ahdidan qaytmaganini aytadi. Isroil hujumlaridan qochgan yuz minglab falastinlik hozir Rafahda jon saqlamoqda.
Urushning keti ko’rinmas ekan, maktablarda o’qish qachon jonlanishi ma’lum emas. Sektordagi ko’p maktablar Isroil hujumlaridan qochayotgan odamlar uchun boshpanaga aylantirilgan.
Xabarlarga ko’ra, AQSh rahbarining Netanyaxudan noroziligi kuchayib bormoqda. Jumladan falastinliklar uchun zarur gumanitar yordamning quruqlik orqali yetkazishning sekinlashishiga sabab bo’layotgan Isroil siyosatidan.
Isroil hujumi natijasida shu paytgacha 30 000 dan ortiq falastinlik halok bo’ldi.
Arab davlatlari Isroil Ramazon paytida ham zo’ravonliklarni davom ettirsa, mintaqada ziddiyatlar yanada kuchayishi haqida ogohlantirgan.
Agar Isroil Rafahga qo’shin kiritsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 600 mingdan ziyod falastinlik bola zarar ko’rishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Vashington Isroilni o’z ichiga G’arbiy Sohil va G’azo Sektorini oluvchi demilitarizatsiyalashgan Falastin davlatini tan olishga ko’ndirmoqchi.
AQSh o’z rezolyutsiya loyihasini taklif etarkan, Isroil va XAMAS mahbus almashganidan so’ng sulh o’rniga urushda salkam olti haftalik tanaffusga da’vat etmoqda. Ushbu hujjat Misr va Qatar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Kengashning doimiy a’zolaridan biri Qo’shma Shtatlar Isroil kabi sulhga qarshi. AQSh harbiy harakatlarda olti haftalik tanaffusni taklif etuvchi o'z rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi.
Qo’shma Shtatlar Isroilning eng ashaddiy tarafdori bo’lsa-da, Vashington Yaqin Sharq mojarosiga uzil-kesil yechim tariqasida Falastinda mustaqil davlat e’lon qilish g’oyasini qo’llab-quvvatlab keladi.
Braziliya Prezidenti Luis Inasio Lula da Silva Isroilning G’azodagi harakatlarini yana bir tanqid qildi, xalqaro tashkilotlar dunyo bo’ylab mojarolarni hal qilishga ojizlik qilayotganini aytdi.
2,3 million g’azolikning yarmidan ko’pi ayni damda Rafahda jon saqlamoqda. Odamlarni Misr bilan chegarada o’rnatilgan to’siqlar yonida ham ko’rish mumkin.
Ko'proq...