MODSNOW qancha qor tushgani, gidrologik jarayonlar, taxminiy tahlil, kundalik suv hajmi, muzliklarning erish darajasi va mavjud resurslar haqida axborot beradi.
13-15 mart kunlari AQSh, Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmanistonning yetakchi rasmiylari bu davlatlarning xususiy sektori egalari va mutaxassislari bilan Almatida muloqot qildi.
Muqobil energiya manbalariga samarali o'tishni ta'minlash uchun Markaziy Osiyoga misli ko'rilmagan miqdorda sarmoya zarur. Jahon banki va boshqa moliyaviy institutlar bu borada qanchalik yordam bera oladi?
AQSh poytaxtidagi Jorj Vashington universitetida kechgan forumda so'zlagan rossiyalik iqtisodchi Vladislav Inozemtsev tahlilicha, Markaziy Osiyo davlatlari, sidqidildan xohlasa, Rossiyaga energetik jihatdan qaram bo'lmasligi mumkin.
AQShning yetakchi eksperti Frederik Starr tahlilicha, Markaziy Osiyoning respublikalari multi-vektor deb, noto'g'ri taktikalarga qo'l urmoqda. Rossiya va Xitoy uchun mintaqadagi hozirgi strategiyalar ayni muddao.
How should Uzbekistan respond to Russian propaganda? Dr Fred Starr of the American Foreign Policy Council talks with VOA. O'zbekiston Rossiya propagandasiga qanday javob berishi kerak? Amerika tashqi siyosat kengashi a'zosi Fred Starr tavsiyasi.
G'arb nazarida Qozog'iston va O'zbekiston hozirga kelib o'ziga xos diplomatik mushaklarga ega. "Qozog'iston, shubhasiz, yetakchi. Oxirgi yillarda O'zbekiston ham ildam", - deydi tahlilchi Ariel Koen.
Shu kunlarda O'zbekistonga safar qilib, vaziyatni o'rgangan amerikalik ekspertlar nazarida jamiyat bugun diniy jihatdan sezilarli darajada erkinlashgan, salmoqli progressga erishilgan. Biroq muammolar ham talay va ahvolni mustahkamlash uchun ular hukumatga qator tavsiyalar bermoqda.
O’zbekistonning AQShdagi elchixonasida Rishton kulolchiligi ko'rgazma ochildi. Bayden ma'muriyati nazarida bu tashabbus ikki xalq va madaniyatni yaqinlashtiradi. Yuzlab mehmonlar avloddan-avlodga o'tib kelayotgan hunarmandchilikning nodir namunalarini tomosha qildi.
Markaziy Osiyo yerosti boyliklari G'arb bizneslari va hukumatlari e'tiborida, ammo bu sohada ham, xususan sarmoya qilish, ishlab chiqarish va iste'molda Xitoy allaqachon ildamlab ketgan.
22-yanvar kuni AQSh poytaxtida buyuk olim, hozirgi O'zbekiston zaminida tavallud topgan mutafakkir Abu Rayhon Beruniy siymosi ak etgan yodgorlik ochildi. Byust O’zbekiston elchixonasi oldida o'rnatildi.
The Uzbek Embassy in the U.S. capital has unveiled a monument dedicated to the medieval Central Asian scholar Abu Rayhan al-Biruni, whom Uzbekistan venerates as its scientific genius. Video from the opening ceremony, January 22, 2024.
Ko'proq...