Breaking News

'Pussy Riot" uchun yoki unga qarshi

17-avgust kuni Moskva sudi oldida kechgan voqealar suratlarda... Olti oy burun Moskvadagi pravoslav cherkovida Vladimir Putin hokimiyatga qaytmasin deya iltijo qilib kuylagan uch xonanda qiz ikki yillik qamoq jazosiga mahkum etilgan dunyo bo’ylab tanqid uyg’otdi. Qizlarning advokatlari apellyatsiya murojaati qilishga shay. Pravoslav cherkovi bayonot chiqarib, mahkumalarga qonun doirasida rahm qilishni so’ragan. “Exo Moskvi” o’tkazgan telefon so’rovida respondentlarning 77 foizi qo’shiqchilarni jazoga tortish va qamash aql bovar qilmaydigan holat deb aytgan. Prokuratura sudlanuvchilarni “xuliganizm”, ya’ni bezorilikda ayblagan. Hukmda qayd etilishicha, ular dinni oyoq osti qilgan. Moskva va Sankt-Peterburgdan tortib, Praga, Varshava, Vena, London, Parij, Nyu-York va Vashingtonda ham norozilik namoyishlari kuzatilmoqda.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG