Breaking News

Saylov-2016: Klinton xonim prezidentlik uchun bellashishga shay

Bugun Nyu-Yorkning Ruzvelt orolida minglab saylovchilar oldida so'zlagan Hillari Klinton Amerika dunyodagi eng mustahkam iqtisodiy va siyosiy tuzum bo'lib qoladi deya bong urdi. Sobiq prezidentning rafiqasi, sobiq senator, sobiq davlat kotibi xalq saylagan, xalqqa javob beradigan va xalq uchun xizmat qiladigan davlat rahbari bo'lishni muqaddas vazifa deb atab, yurtdoshlarini unga ovoz berishga undadi. Partiyaviy saralash jarayoni 2016-yilning fevral oyidan boshlanadi, Ayova shtatidan. Yoz oxiriga borib, demokratlar va respublikachilar o'z partiyasidan yagona nomzod atrofida birlashishi kerak. Shundan keyin vitse-prezidentlikka nomzodlar tanlanadi. Saylovoldi qurultoyi o'tadi. Saylov kuni esa 8-noyabr. Oldinda esa qizg'in bahslar va bellashuvlar.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG