Jahonning turli burchaklaridan sara fotolar
Bugungi dunyo suratlarda - 7-dekabr, 2018

1
Kansler Angela Merkel partiya liderligiga saylangan Annegret Kramp-Karrenbauerni olqishlamoqda. Gamburg, Germaniya.

2
"Sariq jiletlilar" namoyishi davom etar ekan, ishtirokchilar Fransiya bayrog'ini ostiga sariq mato taqilgan holda ko'tarib olgan.

3
Yuqori sinf o'quvchilari ta'lim sohasidagi islohotlar va universitetlarga qabul shartlarining og'irlashganiga qarshi namoyishga chiqdi. Lion, Fransiya.

4
2008-yilda politsiyachilar tomonidan o'qqa tutilgan 15 yoshli o'quvchi Aleksandros Grigoropaulos vafotining 10 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan namoyish ishtirokchilari benzinli qo'lbola bombalardan foydalanmoqda. Afina, Gretsiya. 6-dekabr, 2018.
Facebook Forum