Breaking News

Kavkazdagi mojaro O'zbekiston matbuotida yoritilmayapti


Rossiya va Gruziya o’rtasidagi ziddiyatga nisbatan qator davlatlar o’z munosabatini bildirmoqda.

Ukraina Gruziyaga noharbiy yordam ko`rsatishga tayyor. Boltiqbo'yi respublikalari Rossiyaning Janubiy Osetiyadagi harbiy harakatlarini qoralamoqda.

Qozog'iston esa Kremlni quvvatlamoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligiga raislik qilyotgan Qirg`iziston esa mojaroni muzokara yo`li bilan hal etishga chaqirmoqda.

O`zbekistonda hozircha munosabat bildirmagan. Mamlakat matbuotida ham bu borada sharhlar uchramaydi.

Sharhlovchi Iskandar Xudoyberganov fikricha Kavkazda urush olovi qayta yoqilgani ajablanarli hol emas.

"Chunki Rossiyaning Kavkazda va demokratiyaga nisbatan tutgan yo`li aynan shunday natijaga olib keladi. Rossiya G`arb bilan sovuq urushi holatiga qaytishga harakat qilyapti", - deydi Xudoyberganov.

Sharhlovchoi Komron Aliyev nazarida esa urushdan maqsad Gruziyaga bosim o`tkazish va Janubiy Osetiya va Abxaziya masalasini kuch ishlatmasdan hal etish haqidagi bitimga Gruziyani imzo chektirishga majbur qilishdir.

"Gruziya bunday bitimga imzo chekishi qiyin, chunki bu Janubiy Osetiya va Abxaziya Gruziyadan rasman mustaqillikka erishdi degani bo'ladi", - deydi u.

Gruziya harbiy amaliyotlarga berilmasligi kerak edi, deydi Aliyev. Sxinvali shahri "Katyusha" tipidagi reaktiv snaryadlardan o`qqa tutilgan.

"Inson huquqlari va oddiy odamgarchilik nuqtai nazaridan bu mumkin emas", - deydi sharhlovchi.

Janubiy Osetiyadagi harbiy amaliyotlar haqidagi ma'lumotlar O`zbekistonda asosan Rossiya axborot vositalari orqali kirib kelmoqda. Rossiya kanallaridagi tasvirlar Gruziyani Janubiy Osetiyada agressiv harakatlarda ayblaydi. Ularda Rossiya harbiylari tomonidan jabrlangan gruzinlar haqida axborot uchramaydi.

Mojaro bilan yaqindan tanish jurnalist Vladimir Sixanvelining aytishicha hozirgacha Gruziyaning bir necha shahri vayron qilingan. Rossiya o'z agressiyasini tan olmay, hamma aybni Saakashvili hukumatiga ag'darmoqda deydi u.

Uning nazarida so`z erkinligi cheklangan va axborot vositalari asosan hukumat bosimi ostida ish yurituvchi davlatlarda urush haqidagi ma'lumot Rossiyadan olinmoqda va shu tariqa Kreml o'z targ'ibot monopoliyasiga ega.

XS
SM
MD
LG