Breaking News

Bakiyevning yaqinlari va sheriklarini topish uchun mukofot


Qirg’izistonda muvaqqat hukumat sobiq prezident Qurmanbek Bakiyevning yaqinlari va safdoshlarini qo’lga olish uchun zarur axborot bergan insonlarga mukofot va’da qilmoqda. 20-100 ming dollar haqida gap ketmoqda.

Bu ma'lumotni uzatgan fuqaroning ismi sharifi sir tutiladi, deydi rasmiylar.

Xususan, Bakiyevning o’g’li Maksim, uch ukasi - Janish, Kanibek va Ahmadbek va sobiq Bosh vazirlar Doniyor Usenov va Igor Chudinov, Energiya vaziri Saparbek Balkibekov va yana bir necha sobiq rasmiy qidiruvda. Ular og'ir jinoyatlarda, Qirg'izistonga qaqshatqich iqtisodiy ziyon yetkazganlikda, aprel boshidagi namoyish paytida aholiga qarshi kuch ishlatganlikda ayblanmoqda.

Maksim Bakiyev Investitsiya va Iqtisodiy Taraqqiyot agentligini yuritgan bo’lsa, Bakiyevning ukasi – Janish xavfsizlik xizmatini boshqargan, Ahmadbek tadbirkor, Kanibek esa hokimlik qilgan.

Belarusda boshpana olgan sobiq prezidentning o’zi qatliomda, 85 kishining o’limiga sabab bo’lgan zo’ravonlikda ayblanmoqda.

Qirg'izistonda parlament saylovlari 10 oktyabrga belgilangan. 27 iyunda esa konstitutsiyani o'zgartirish masalasi refendumga qo'yiladi. Xalq prezident vakolatlarini parlamentga topshirish-topshirmaslik haqida qaror qabul qilishi kerak bo'ladi.

XS
SM
MD
LG