Breaking News

Amerika xotin-qizlari navbatdagi prezident kim bo'lishini hal qilishlari mumkin - 2004-10-22


Jennifer Peyn, ikki o’g’ilning onasi va uy bekasi, Mariland shtatida yashaydi. U o’zini siyosiy jihatdan konservativ Demokrat deb ataydi.

Lekin bu yilgi saylovda u Jo’n Kerriga emas, Respublikachi Jorj Bushga ovoz bermoqchi. Faqat bir sabab uchun - Bush bizni xavfdan asray oladi, deydi u:

"Bizda immigratsiya masalasi qattiq idora etilmaydi... Chegaralarimiz mahkam emas. Menimcha, terroristlarni topib, ularning rejalarini badnom etishni, ularni mamlakatdan haydab chiqarishni Prezident Bush yaxshiroq eplay oladi."

Amerikadagi o’tgan saylovlarda jinslararo farq yaqqol ko’zga tashlangandi, ya’ni xotin-qizlar ko’proq Demokratlarga, erkaklar esa Respublikachilarga ovoz berishadi.

2000 yilgi saylovda Al Go’r ayolar o’rtasida 11 foiz ko’p ovoz oldi. Uning raqibi Jorj Bush esa, erkak saylovchilar orasida 11 foiz ovozga ega bo’lib, Oq Uyga keldi.

Ammo, bu yil, Prezident Bushga nisbatan ayol saylovchilar, ayniqsa mamlakat xavfsizligidan tashvishlanayotganlar, ancha ijobiy qarashayotgan ko’rinadi.

Bush saylov kampaniyasi oilali ayollarga chuqur e’tibor bermoqda, chunki ular siyosiy tomondan biroz konservativ saylovchilardir.

Kampaniya o'z shiorni "W for Women" den tanlagan. "W" - Bushning ikkinchi ismi Walkerdagi bosh xarf, "Women" esa inglizchada ayollar demakdir. Shunday qilib, shior ayollar uchun Bush ma'qul, degan ma'noni beradi.

Ommaviy so'rovlar natijasiga ko'ra, hali oila qurmagan ayollar odatda Demokratlarni quvvatlashadi. Lekin o’tgan saylovda bu xotin-qizlarning 22 millioni umuman ovoz bermagandi.

Kerri saylov kampaniyasi ayollarni o’ziga og'dirish uchun turli dasturlar boshlagan. Senatorning o'zi, asosan ayollar tomosha qiladigan televizion shoularda chiqyapti.

"Ota-onalik hayotdagi eng og’ir vazifa, ammo bir paytda eng ulug' mukofotli va eng muhim ishdir," dedi Kerri so'ngi chiqishlarining birida.

Kerri saylov kampaniyasi, ayollarni, Demokrat nomzod, terrorga qarshi urushda kuchli rahbar bo’ladi, deya ishontirishga urinyapti.

2001 yilning 11 sentyabridagi hujumlar oqibatida beva qolgan ayollar guruhi Kerriga ishonch bildirishdi.

Bu ayollarning ba’zilari shtatma-shtat yurib, Kerri nomidan saylovchilarga murojaat qilishmoqda.

Celinda Leyk - vashingtonlik faol Demokrat. Unga ko’ra, kimga ovoz berishini bilmay turgan, biror partiya tarafdori bo’lmagan saylovchilarning ko’pchiligi xotin-qizlardir.

AQShning navbatdagi prezidenti kim bo’lishini aynan mana shu ayollar hal qiladi, deydi u:

"Mustaqil saylovchilarning ovozi juda muhim. Chunki, xavfsizlik haqida xavotirlangan oilali ayollar, onalar bizga qarshi ovoz berishi mumkin. Mustaqil saylovchilarning ko’pi ham bizga ovoz bermasa, bu katta muammo."

Tahlilchilarning fikricha, ayollarning erkaklarga qaraganda ishlari ko’p. Shuning uchun xotin-qizlar biror xulosaga, hozir emas, saylovga juda yaqin qolganda, kelishlari mumkin.

Ana shu tinib-tinchimas ayollardan biri, Jennifer ham, "...bolalarim bilan shu qadar bandmanki, prezident kampaniyasini kuzatib o’tirishga vaqtim yo’q," deydi.

"Haqiqatda juda qiyin, qaniydi yanada qiziqib kuzatishga vaqt bo’lsa. Ammo, o’tirib yangiliklarni ko’rishga yoki gazeta o’qishga vaqt topish oson emas. Ikkita kichkina bolam bor," deya bildiradi Jennifer.

Siyosiy tahlilchilar nazarida, ko’p ayollar kimga ovoz berish haqida Saylov Kuni qaror qilishadi. Bush va Kerri saylov kampaniyalari esa, ularni 2 noyabrgacha nishonga olishda davom etsa, ajabmas.

XS
SM
MD
LG