Breaking News

“Milliy Junbish” va “Islomiy Jamiyat” partiyalari birlashmoqda


Afg'oniston shimolidan chiqqan faollar hukumat siyosiy islohotlar boshlasin, deya undamoqda
Afg'oniston shimolidan chiqqan faollar hukumat siyosiy islohotlar boshlasin, deya undamoqda

So’nggi ikki yarim yildan beri Afg’oniston shimolidagi vaziyat buzilgan. “Milliy Junbish” va “Islomiy Jamiyat” partiyalari xavfsizlik yo’lida birga ishlashga qaror qilib, hukumatni islohotlarni jadallashtirishga undab kelmoqda.

Afg’oniston Vitse-prezidenti va “Milliy Junbish” partiyasi asoschisi General Abdul Rashid Do’stumning o’g’li Botur Do’stum “Milliy Junbish” raisligini egallar ekan, partiya boshqaruvi va shimol aholisi bilan uchrashuvlar o’tkazmoqda. Siyosiy sahnadagi faoliyatni ancha kuchaytirgan.

Botur Do’stum “Islomiy Jamiyat” partiyasining ijrochi raisi va Balx viloyati hokimi General Ato Muhammad Nur bilan muloqot qilib, shimol va shimoli-sharqiy viloyatlaridagi vaziyatni yaxshilash xususida suhbatlashgan.

“Milliy Junbish” partiyasi so’zlovchisi Bashir Ahmad Tayanchning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, siyosat va xavfsizlik masalalar bo’yicha bahs qilingan.

“Tez orada “Milliy Junbish” va “Islomiy Jamiyat” partiyalari rahbariyati Kobulda uchrashadi”,- deydi “Milliy Junbish” partiyasi so’zlovchisi Bashir Ahmad Tayanch.

“Bu ikki guruh shimol va shimoli-sharqiy viloyatlarida ko’pchilik tarafdorlarga ega. Bu jarayonlarning ittifoqsizligi sabab toliblar ancha kuchaygan. Bugungi vaziyat qaraganda, nafaqat “Milliy Junbish” va “Islomiy Jamiyat” partiyalari, balki barcha guruhlarni birlashishi kerak, muammoga yechim topish zarur”,- deydi Tayanch.

Botir Do'stum va Ato Muhammad Nur
Botir Do'stum va Ato Muhammad Nur

“Islomiy Jamiyat” partiyasi hukumatni jiddiy islohotlarga chaqirmoqda. Afg’oniston milliy xavfsizlik kengashi maslahatchisi va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul idoralar rahbarlari iste’foga chiqishini so’ragan. Ayni holda “Islomiy Jamiyat” vaqtinchalik hukumat tashkil qilishga urinmoqda.

“Biz hozirgi hukumatda muhim islohotlar kelishini xohlaymiz, islohotlar kelsa vaziyat yaxshilanishiga umidvormiz. Boshqa guruhlarning ham fikr-mulohazalari shart. Agar boshqa guruhlar va jahon davlatlari islohot emas, vaqtinchlik hukumat tashkil qilinsin desa, biz bu taklifni qo’llab-qavvatlaymiz”,- deydi Tayanch.

General Do’stum 19-maydan beri Turkiyada. Rasmiylar u tibbiy tekshiruvlar uchun Turkiyaga ketganini aytadi.

“ General Do’stum tez orada tavaniga qaytadi”,- deydi “Milliy Junbish” partiyasi so’zlovchisi Tayanch.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG