Misrda prezidentlik saylovlari yana bir kunga uzaytirildi. Donetskda ko'mir koni ishchilari Ukraina harbiylariga qarshi namoyish o'tkazdi. Tailandda norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Kunning suratlari - 28-may, 2014-yil

1
AQSh bo'ylab Kaliforniyaning Santa Barbara shahrida yuz bergan ommaviy qotillik qurbonlarini xotirlash tadbirlari o'tkazilmoqda.

2
Tailand poytaxti Bangkokda harbiy to'ntarishga qarshi norozilik namoyishlari davom etmoqda.

3
Misrda prezidentlik saylovida ovoz berish yana bir kunga uzaytirildi.

4
Sharqiy Ukrainaning Donetsk shahrida ko'mir koni ishchilari Ukraina harbiylarining shaharni tark etishini talab qilib namoyish o'tkazdi.