Breaking News

Sandi dovulidan bir yil o'tib

O’tgan yilning 29-oktabrida AQShning sharqiy sohillari qaqshatqich dovul ostida qolib, qattiq talofatlar ko’rilgan, 100 dan oshiq odam halok bo’lgan edi. Oradan bir yil o’tib, bugun Nyu-York va Nyu-Jersi shtatlarida o’sha ofat xotirlanmoqda. Xususan, millionlab immigrantlar uchun AQShga darvoza rolini o’tagan Ellis orolida bugun muzeylar yana ochiq. Sandi dovuli 65 milliard dollarlik ziyon keltirgan. Hukumat hududni oyoqqa turg’izish uchun 14 milliard dollar sarfladi. Qurilish va ta’mirlash ishlari hamon davom etayapti.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG