Bugungi dunyo suratlarda - 22-may, 2024

Fransiya janubi-g'arbida qisman suv ostida qolgan, Adolf Gitler buyrug'i bilan 1942-1944-yillarda qurilgan bunker

Baxmut tevaragida xizmat qilayotgan ukrain askari

Eronning Oliy diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy boshchiligidagi jamoa 9-may kuni vertolyot halokati qurboniga aylangan mamlakatning  63 yoshli prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati hokimi Malik Rahmatiy va ularning yana bir necha xamrohlari bilan vidolashmoqda, Tehron. 
 

Ichimlik suvini izlab yo'lga tushgan bolalar, Xon-Yunus, G'azo sektori. 

Ayova shtatida tornado talafotlari, Grinfild shahri. 21-may kuni yuz bergan tornado Ayovaning qariyb 2 ming aholiga ega Grinfild shahrini vayronaga aylantirdi. Bir necha kishi halok bo'lgan, kamida ikki kishining o'limi tasdiqlangan. O'nlab odam jarohat olgan. Tornado Nebraska, Illinoys va Viskonsin hududlariga ham talafot yetkazgan, o'n minglab aholi elektr ta'minotidan uzilib qolgan.

Tayvan tongida ishga mototsiklda shoshgan odamlar

"Dengiz floti haftaligi - 2024" paradi oldidan tayyorgarlik, Nyu-York. 

 

Haydarobodda navbatdagi jazirama kun, Pokiston. 

Italiyada velopoyganing 17-bosqichi