Bugungi dunyo suratlarda - 27-sentabr, 2024
Florida shtatida Xelena to'foni keltirgan talafot
Bugun - 27-sentabr kuni Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 79-sessiyasida nutq so'zladi.
Uni ayrim mamlakat diplomatlari gulduros qarsaklar va olqishlar bilan qarshi olgan bo'lsa, ayrim diplomatlar u minbarga ko'tarilishi bilan zaldan chiqib ketdi.
Tashqarida esa minglab odam norozilik namoyishiga chiqib, G'azo va Livanda urush, zulm va genotsidni to'xtatishni talab qildi.
Isroil rahbarining BMT minbarida ta'kidlashicha, uning mamlakati terrorizm ustidan g'alaba qozonmoqda, biroq sulh muzokaralari uchun ochiq.
Netanyaxu XAMAS va Hizbullohni dastaklayotganlikda ayblab Eronni tanqid qildi. Eronda Isroilning uzun qo'llari yetmaydigan joy yo'q, dedi u.
Bir kun avval huddi shu minbardan so'zlagan Falastin muxtoriyati rah
Janubiy Afrikada 118 yoshni qarshilagan Margaret Marits
Hizbulloh bilan janglar shiddati ortar ekan, Isroil tanklarini Livan bilan chegaraga terib qo'ydi
Xelena to'foni keltirgan toshqin jarayonlarida aholiga yordam berayotgan qutqaruvchilar, Shimoliy Karolina shtati.
Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda AQShning sobiq rahbari, prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Tramp bilan muloqot qildi
Avstriya kansleri Karl Nexammer saylovoldi uchrashuvida, Vena.
Parij moda haftaligida