O'zbekistonda siyosiy erkinliklar bo'lishiga ishongan faollar
O'zbekistonda muxolifat tugatilganiga ancha yillar bo'ldi, mamlakatdan siqib chiqarilgan oppozitsiyaning xorijdagi faoliyati ham so'nib bormoqda. Ko'pchilik o'lkada siyosiy erkinliklar bo'lishiga ishonmay qo'ygan, ammo yangi siyosiy harakatlar tashkil etish ilinjida yurgan faollar hamon bor.