“Oskar” mukofotining bu yilgi sovrindorlari turli irq va elat vakillari. Har bir kategoriya bo’yicha bu sovringa ko’rsatilganlar o’ziga xos inqilob qilgan ijodkorlar.
Hujjatsiz muhojir Roza Gutierrez Lopez immigratsiya organlarining qarori bilan o’tgan yilning dekabrida AQShni tark etishi kerak edi. Ayolning Amerikada tug’ilgan uch farzandi bor. U vatani Salvadorga deportatsiya bo’lmaslik uchun Merilend shtatidagi cherkovdan boshpana so’radi.
Gollivudga yaqinlashishning o’zi qiyin, ayniqsa, muslimalarga to’siqlar yanada kuchli. Muhojirlar farzandi Gollivudni yorib kirib, kino ustasiga aylanarkan, o’z ishidan mamnun.
Qahvaga innovatsion yondashuv sharofati bilan bu sanoatga yangi kompaniyalar kirib kelmoqda. Sekin usulda damlangan kofe 12 dollarga tushishi mumkin.
Vashington shtatida fevral boshida 50 dan ortiq qizamiqqa uchragan bemorlar aniqlandi, Texasda ham shunday hollar qayd etilgan. Ota-onalar bolalarini qizamiqqa qarshi emlashga undalmoqda.
Pentagonning har ikki yilda o’tkazadigan yopiq so’rovnomalariga ko’ra, Qo’shma shtatlar harbiy akademiyalarida jinsiy tazyiq va ta’qib hollari 50 foizga ortgan.
Amerikada tenglik va adolat uchun kurashgan Martin Lyuter 1950-60 yillarda kuchli harakatga boshchilik qilgan. Uning talabi qonunga aylangan. Qo’shma Shtatlar o’shandan buyon katta yo’lni bosib o’tdi, ammo diskriminatsiya barham topmagan.
Hozirgacha qora tanlilar AQShdagi musulmonlar orasida eng katta etnik guruh hisoblanadi.
Kaliforniyadagi o’rmon yong’inida 10 mingdan ortiq xonadon vayron bo’lgan. Talofat zarari haligacha hisobsiz. Gavayi oroli hanuz sakkiz oy avval otilgan ulkan vulqon zararining tagiga yetish bilan ovora.
Sport, falokat va o’lim 2018-yil davomida “Google”da eng ko’p qidirilgan mavzular bo’ldi.
Ahmad Farg'oniy nomidagi Farg'ona viloyati axborot-kutubxona markazi har kuni ochiq. Internet yaxshi ishlaydi. Nafaqat kitob va arxiv uchun kelishadi balki o'quv mashg'ulotlari va seminarlar ham o'tkaziladi. Kutubxona rahbari Shohidbek Aslonov asli jurnalist. 27 yoshida direktorlikka tayinlangan.
“Urushni erkaklar boshlagan, ular olib bordi va ular tugatishi kerak. Lekin azobning eng og'irini ayollar va bolalar chekib kelmoqda. Shunday ekan, ular bilan ham hisoblashish kerak".
Ko'proq...