Tahlillarga ko'ra, Amerikada 25-44 yoshlilar uchun 35 ming, 45-64 yoshlilar uchun 45 ming dollar yillik daromad keltiradigan ishlar “yaxshi ishlar” sifatida tasnif qilingan.
Bugungi ish o’rinlarining aksariyati 10 yil oldin bo’lmagan. Yana 10 yildan keyin bugungi mehnat o’rinlarining ayrimlarini robotlarga boy berishimiz mumkin.
Hozir AQShda ishsizlik darajasi 3,9 foiz - so'nggi 50 yilda eng past ko'rsatkich. Dekabrda 300 ming ish o'rni yaratilgan. 2019-yilda iqtisodiy o'sish biroz sekinlashishi kutilmoqda.
Bitmay qolgan obyektlar va bo'sh uy-joylar bugun Turkiya bo'ylab keng tarqalgani iqtisodiyotdagi, xususan, qurilish sektoridagi muammolardan darak beradi.
Har yanvar Las-Vegasda maishiy texnika ko’rgazmasi o’tadi. Yilning bu sohadagi eng yirik yarmarkasi.
Jahon banki rahbari sifatida yana uch yili bor Jim Yong Kim iste'foga chiqishini ma'lum qildi.
Virjiniya Texnika universiteti o’qituvchi va talabalaridan iborat jamoa yaratgan loyiha dunyoning quyosh energiyasidan foydalanadigan eng mukammal uyi deb tan olindi. Dubayda bo’lib o’tgan maxsus bellashuv hakamlari ana shunday qarorga kelgan.
Yuzlab samolyotlarda millionlab posilkalar. Yangi yil oldidan Amerikaning har bir shtatida shu manzara. Sovg'alarni o'z vaqtida manzilga yetkazish "Fedex" singari yuk tashuvchi kompaniyalar uchun ustuvor vazifa. Tennessi shtatidamiz.
AQSh-Xitoy aloqalari 2018-yilda voqealarga boy bo'ldi. Ikki tomonlama import tariflari, ichki siyosatga aralashuvda ayblovlar, Janubiy Xitoy dengizida taranglik, Xitoyning xalqaro iqtisodiy faoliyati yuzasidan tashvishlar shulardan bir nechtasi.
"Jeneral Motorz" avtomobilsozlik kompaniyasi qarorini mashinalariga talab pasaygani, bozor o’zgarib borayotgani bilan izohlaydi.
Yaqin kelajakda odamlar Amazon saytiga kirib, o'zlariga xos "aqlli" uy loyihasini xarid qilishi mumkin. Dubayda kelajak uylari musobaqasi bo'lib o'tdi.
Iqlim isishi natijasida dengiz sathi ko'tarilib borar ekan, okeaning sho'r suvi ekin yerlariga ham kirib kelmoqda. Bundan esa dunyo bo'ylab dehqonlar zarar ko'rmoqda. Merilend dalalari ham shundan aziyat chekmoqda. Olimlar muammoni bartaraf etish choralari ustida ishlamoqda.
Ko'proq...