Olimlarga ko’ra, zararli gaz chiqindilarini qisqartirish global iqlim o’zgarishi tahdidlariga qarshi kurash uchun yetarli emas. Atmosferani karbonat angidriddan tozalash lozim. Buning eng samarali va tabiiy yo’li o’rmon hududlarini kengaytirishdir.
Amerikaning yirik shtatlaridan biri - Kaliforniya seysmoaktiv hududda joylashgan. Kichik zilzilalar bu yerda tez-tez qayd etiladi, ammo kattasiga ham tayyor turish kerak. Yer silkinishi haqida aholini ogohlantiruvchi tizim yaqinda ishga tushdi.
O‘zbekistonlik yosh olimlar turk tili va adabiyoti, tarix, falsafa, siyosat, sohalararo tadqiqotlar mavzusida chiqishlar qilishdi, olib borayotgan ilmiy izlanishlari haqida ma’lumot berishdi.
“3M” kompaniyasi uy tomlarini yopishda ishlatiluvchi drankalarni fotokatalitik granulalar bilan qoplamoqda. Bu granulalar atmosferadagi qattiq zarralarni ajratib olib, ular bilan reaksiyaga kirishib, zarralarni suvda eriydigan oddiy tuzga aylantiradi.
Zilzila sodir bo’lishi haqida hatto bir necha soniya oldin xabar berilsa, odamlar ko’p hollarda o’zini panalab ulguradi, deydi rasmiylar.
Iqlim o’zgarib borarkan, kelajak avlod okean sathining ko’tarilishi, to’fonlarning kuchayishi kabi muammolar bilan ko’proq yuzlashadi. Ularni yechish uchun talantli muhandislar, aqlli g’oyalar kerak.
Amerikaning yirik shtatlaridan biri – Kaliforniya seysmoaktiv hududda joylashgan. Kichik zilzilalar bu yerda tez-tez qayd etiladi, ammo kattasiga ham tayyor turish kerak. Yer silkinishi haqida aholini ogohlantiruvchi tizim yaqinda ishga tushdi.
NASA 2004-yilda Mars sayyorasiga 90 kunlik missiya bilan robot-mashinani qo‘ndirgan edi. Qizil planetada kuzatilgan bo’ron o’tgan yili mashina faoliyatiga nuqta qo’ydi. 15 yilga yaqin yerga signal uzatib turgan marsoxod missiyasi rasman yakunlandi.
Webster.edu - AQShning Missuri shtatida joylashgan xususiy oliygoh - O'zbekistonda ingliz tili o'qituvchilari tayyorlamoqda. Lekin endi biznes boshqaruvi bo'yicha ham bilim bermoqchi. O'zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov fikricha, kadrlarga muhtoj mamlakat uchun bu ayni muddao.
Insoniyatning olis kosmosni o'rganish ishtiyoqi kuchayib bormqoda. NASA uzatgan "Ultima Tule" asteroidi suratlari ko'zni qamashtirgan bo'lsa, Xitoyning Oyning orqasidan olgan tasvirlari yana bir kashfiyot. Jeyms Veb teleskopi bu tadqiqotlarni yangi bir pog'onaga ko'tarsa ajabmas.
Nevada shtatidagi Las-Vegas global shahar, chunki u yerda har hafta, har oy katta yarmarkalar o’tadi. Har yili millionlab odam kelib ketadi. Yaqinda masalan texnologiya olamidagi yangiliklar ko'z-ko'z qilindi. Ayrim mahsulotlar allaqachon bozorda, ba'zilari esa kelajakdan darak beradi.
Ko'proq...