10-noyabr kuni Fransiya poytaxti Parij va mamlakatning boshqa shaharlarida islom dini va musulmonlar himoyasi uchun minglab aholi namoyishga chiqdi.
Kartellar Meksikani hududlarga bo’lib olib, nazorat qilmoqda. Mahalliy politsiya ular bilan til biriktirgani haqida taxminlar ham bor. Markaziy hukumat bu to’dalar oldida ojiz.
Tadqiqotchi Yevgeniy Buninning aeroportdan ortga qaytarilishi O'zbekistonda istalmagan shaxslar ro'yxati kengayayotgani haqidagi xavotirlarni o'rtaga chiqardi.
Uzoq yillar panjara ortida o'tirgan A'zam Turg'unov O'zbekistonning oldingi rahbari Islom Karimov va uning boshqaruvidagi tizimni tanqid qilib tanilgan. Aynan shu bois qamalganini aytadi. Unga va boshqalarga nisbatan zulm uchun adolat talab qilishda davom etmoqda. Turg'unov xalqaro mukofot oldi.
Hozirda Davlat departamentining xorijiy terror tashkilotlari ro'yxatida 68 guruh bor, aksariyati al-Qoida singari jihodchi to'dalar.
Ikki yillar avval qamoqdan ozod qilingan huquq himoyachisi bu mukofotga diktatura tazyiqlariga qarshi kurashgani, inson huquqlari himoyasiga bo’lgan fidoyiligi uchun loyiq ko’rilgan.
Tadqiqotga ko’ra, birgina Koshg’ar shahrining o’zida masjidlarning 70 foizi buzib tashlangan. Uch oy ichida 5000 dan ortiq ibodat maskani yo’q qilingan.
AQSh Xalqaro diniy erkinlik bo'yicha komissiyasi 20 yildan oshibdiki, AQSh nomidan dunyo bo'ylab e'tiqod va din bilan bog'liq huquqlarni targ'ib qiladi. Yaqinda uning vakillari O'zbekistondagi vaziyat bilan tanishib keldi. Muloqot qanday ketmoqda?
Armanistonliklarni soxta hujjatlar bilan AQShga olib kelishni maqsad qilgan firibgarlik ishiga oid yana bir shaxs o'z aybini bo'yniga oldi.
Rossiya hukumati va xavfsizlik idoralari tanqidchilar va muxolif guruhlarga nisbatan yumshoqroq yondashish haqidagi chaqiriqlarga befarq. Kuzatuvchilarga ko'ra, Kreml muxolifat yetakchilari va ularning tarafdorlariga qarshi tazyiqlarni davom ettirmoqda.
O’tgan oy Svetlananing turmush o’rtog’i 14 yilga qamaldi. “YouTube”ga qo’yilgan videoda ozib ketgan, yuzlarida chandiqlar paydo bo’lgan Aleksandr Ukraina uchun josuslik qilganini tan oladi.
AQSh Senati a’zosi, Xitoy bo’yicha bosh komissiya raisi Marko Rubioning Shinjonda majburiy mehnat va ommaviy qamoqxonalar bo’yicha komissiya o’tkazgan tinglovdagi bayonotidan parcha 17-oktabr, 2019-yil
Ko'proq...