“Milliy tiklanish” partiyasi O’zbekistonda birinchilardan bo’lib to’liq lotin imlosiga o’tmoqchi. Partiyaning yangi saylangan raisi Alisher Qodirov ikki imloga doir uzoq yillik sharmandali holatga barham berilishi lozimligi haqida bayonot qilgan.
Rio-Grand daryosidan AQSh hududiga suzib o’tayotgan salvadorlik migrant ota va qizalog’i cho’kib ketgan edi. Fojia jamoatchilikni junbishga keltirdi.
AQSh Gvatemala bilan “uchinchi xavfsiz davlat” to’g’risidagi kelishuvni muhokama qilmoqda. Agar imzolansa, Gonduras va Salvadordan kelayotgan muhojirlar AQShdan boshpana so'ray olmaydi.
13 kishidan iborat guruh poraxo’rlik, firibgarlik, soliqdan bo’yin tovlash, lavozimini suiiste’mol qilish, tergov-sud ishlarini hal etishga aralashish kabi jinoyatlarda aybdor topilgan.
BMTning Inson huquqlari kengashida Xitoy o’zining Shinjondagi pozitsiyasini oqlashga urindi. AQSh Shinjon rasmiysi kengashga taqdim etgan axborotni sharmandalik deb atadi.
Gulnora Karimova qizi Imon Karimova orqali rus tilida bergan bayonotini “Bu mening so’nggi 6 yil ichidagi dastlabki murojaatim”, deb boshlaydi.
“Nutqimni xushxabar bilan boshlasam: O’zbekiston so’nggi 13 yil ichida ilk bor “alohida xavotirga molik davlatlar” ro’yxati emas”, - dedi AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo.
Bugun Toshkentda: O'zbekiston rahbari har doimgidek Oliy Majlisga, xususan Senatga uning asosiy vazifalarini eslatdi va uni samarasizlikda tanqid qildi.
Elchixonaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarolarining 2011-yildan amal qilayotgan (yashil rangdagi) biometrik pasporti Turkiyada bo‘lish va harakatlanish uchun uning amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Ikki yilda olamshumul o’zgarishlar qildik, va’dalarimning ustidan chiqdim, deydi qayta saylanish harakatini boshlab yuborgan Tramp.
BMT maxsus tergovchisi Agnes Kallamar Saudiya Arabistoni konsulligiga kirib, qaytib chiqmagan jurnalistning o'limi bo'yicha besh oylik tekshiruvini yakunladi.
Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyev fikricha, ayrim xalqaro mutaxassislarning O'zbekiston haqidagi tasavvur va tahlili yuzaki. Lekin bu ekspertlar uzoq payt O'zbekistonga kira olmagani, bemalol izlanib ma'lumot to'play olmaganini aytsa-chi? "Bu bir bahona", - deydi Meliyev.
Ko'proq...