Turkiya PKK va boshqa kurd to'dalarini terrorchi deb biladi. Kurdlar Amerika Suriyani tark etgach, Turkiya hujum qilishidan xavotirda.
Bugungi mavzular: AQShda hukumat 31 kundirki, yopiq. Kongress va Oq uy haliyam kelisha olmadi. Byudjet yo'q. 2020-yilgi prezident saylovlari uchun poyga boshlanmoqda. Bir hecha demokrat maydonda. O'zbekiston rahbari Germaniyada. Vashingtondan Toshkentga yangi elchi qachon boradi?
Amerika qo’shinlarining yarmi Afg’onistondan qaytadi degan xabar noto’g'ri. Bu haqda Prezident Trampga yaqin senator bayonot berdi.
Berlin safaridan keyin Mirzyoyev Muyunxen shahrida Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder va mamlakat ishbilarmon doiralari bilan uchrashmoqda.
Oʻzbekiston hukumatiga ko'ra, Berlindagi biznes-forumda Germaniya xususiy sektori bilan 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalar borasida kelishilgan, lekin tafsilotlar berilmagan.
AQShning 150 davlatda harbiylari bor. Ular yetti mamlakatda urushlarda qatnashmoqda. Tramp prezidentlikka saylanayotganda AQShning xorijiy mamlakatlarga harbiy aralashuvini kamaytirishga va’da bergan edi.
Meksikaga Markaziy Amerikadan minglab migrantlar yetib keldi. Bu Amerika hukumatini chegarani mustahkamlash borasida yangi qarorlar qilishga undashi mumkin.
O'zbekiston rahbari Yevropa Ittifoqiga ikkinchi bor safar qiladi. 21-yanvarda Berlinda muzokaralar kutilmoqda. "Amerika Ovozi"ning Germaniyadagi muxbiri Malik Mansur bugungi manzarani qanday sharhlaydi? Vashingtondan u bilan bog'landik.
Tramp AQSh delegatsiyasining Shveysariyada o’tadigan Jahon iqtisodiy forumiga safarini ham bekor qildi.
Tahlilchi Jim Kesslerning aytishicha, demokratlardan prezidentlikka da’vogarlar ko’p bo’ladi, demak, ichki kurash uzoq vaqt oladi. Hech bir ehtimoliy nomzodda yaqqol ustunlik yo’q, deydi tahlilchi Larri Sabato.
Amerikaning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi, asosan, Xitoy va Rossiya kabi qudratli davlatlar hamda Eron va Shimoliy Koreya kabi raketa salohiyatini oshirishga intilayotgan mamlakatlar tahdididan himoya qilishga urg’u beradi.
AQShda to'rt haftadan beri hukumat faoliyati qisman to'xtagan. 800 mingdan ziyod ishchi maoshsiz qolgan. Hukumatga aslida qancha odam ishlaydi?
Ko'proq...