Kiyevda yashayotgan jurnalist Narzulla Oxunjonov bilan Ukrainada o’tgan prezidentlik saylovlarining o’zbek jamoatchiligi uchun qanday ahamiyat kasb etishi yuzasidan suhbat qildik.
Ochilish marosimida qatnashgan Prezident Muhammad Ashraf G’ani saylovda ro’y bergan kamchiliklarni yodga oldi, mustaqil saylov komissiyasining sobiq a’zolarini tanqid qildi.
Prezident Donald Tramp 2020-yil uchun taklif etayotgan byudjetda chegarada devor qurish uchun qo’shimcha 8,6 milliard dollar so’ralmoqda.
Davlat departamentiga ko’ra, Putin farmoni Ukraina sharqida harbiy harakatlarga barham berishga qaratilgan Minsk shartnomasi ijrosiga to’siq yaratmoqda.
Oq uy ma’muriyati 2020-yilgi aholini ro’yxatdan o’tkazish so’rovnomasiga fuqarolikni aniqlashtiruvchi savol kiritilishini rejalamoqda. Maqsad mamlakatdagi xujjatsizlar sonini aniqlash.
Aholini ro’yxatga olish so’rovnomasiga fuqarolikka doir savolning qo’shilishi rejasi AQSh Oliy Sudi oldida norozilik namoyishiga sabab bo’ldi.
“Antisemitizm yahudiy xalqining boshiga kulfat va fojia keltirgan. Men ana shu ko’hna illatga qarshi kurashda Amerika Qo’shma Shtatlari vakili ekanimdan faxrlanaman”, - deydi AQSh maxsus elchisi Elan Karr.
Eron neftini sota olmasa, Ormuz bo’g’ozini yopishini aytdi. Turkiya ham AQSh qaroridan norozi.
“Bir yil oldin Kim yakkalanib qolgan edi, endi esa hamma u bilan uchrashishga intilyapti. Kim xalqaro sahnada endi yolg’iz emas”, - deydi “Tinch okeani forumi” tashkiloti tahlilchisi Ralf Kossa.
Politsiya portlashlarga aloqadorlik gumoni bilan 40 kishi hibsga olinganini ma’lum qilmoqda. Prezident Maitxripala Sirisena voqealarni tergov qilishda xorijiy davlatlardan yordam so’rashi kutilmoqda.
Sovet Ittifoqi qulab, Markaziy Osiyo mamlakatlari mustaqil bo’lganidan beri yirik davlatlarning mintaqaga qiziqish darajasi turlicha bo’lgan. Bugun vaziyat qanday? Markaziy Osiyoga kim qiziqish bildirmoqda, qaysi davlatning ta’siri kattaroq?
Shimoliy Koreya rasmiysiga ko'ra, Vashington bilan muzokaralar yangi bosqichga ko’tarilishi uchun AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo muloqotdan chetlatilishi kerak.
Ko'proq...