“Inqilob zonasiga kirib qolganimda mashina ortida bir nechta qizni ko’rib qoldim. Ularni qo’llab-quvvatlagim keldi. Mashinaning ustiga chiqib, hayqira boshladim”, - deydi Saloh.
Afg’oniston hali ham konservativ jamiyat, o’z-o’zini senzura qilish amaliyoti yo’qolmagan, biroq rassomlar senzura chegarasini kengaytirishga harakat qilmoqda.
Mamlakatlarni avtoritar va diktator rahbarlar boshqarishda davom etarkan, ularning faoliyatini tanqid qilayotgan muxbirlar xavf bilan yuzlashishda to’xtamaydi.
Tramp ma’muriyati zo’ravonliklar yuz bersa, javob berishini bildirgan. Davlat kotibi Mayk Pompeo harbiy aralashuv ehtimoldan xoli emasligini aytdi.
“Loya Jirg’a” toliblarni sulhga ko’ndira oladimi? Kobulda sulh bo’yicha katta yig’ilish o’tmoqda.
Prezident Donald Tramp Misrning “Musulmon birodarlar” harakatini terrorchi tashkilotlar ro’yxatiga kiritish masalasini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda 30-aprel kuni Oq uy e’lon qildi.
Kiyevda yashayotgan jurnalist Narzulla Oxunjonov bilan Ukrainada o’tgan prezidentlik saylovlarining o’zbek jamoatchiligi uchun qanday ahamiyat kasb etishi yuzasidan suhbat qildik.
Ochilish marosimida qatnashgan Prezident Muhammad Ashraf G’ani saylovda ro’y bergan kamchiliklarni yodga oldi, mustaqil saylov komissiyasining sobiq a’zolarini tanqid qildi.
Prezident Donald Tramp 2020-yil uchun taklif etayotgan byudjetda chegarada devor qurish uchun qo’shimcha 8,6 milliard dollar so’ralmoqda.
Davlat departamentiga ko’ra, Putin farmoni Ukraina sharqida harbiy harakatlarga barham berishga qaratilgan Minsk shartnomasi ijrosiga to’siq yaratmoqda.
Oq uy ma’muriyati 2020-yilgi aholini ro’yxatdan o’tkazish so’rovnomasiga fuqarolikni aniqlashtiruvchi savol kiritilishini rejalamoqda. Maqsad mamlakatdagi xujjatsizlar sonini aniqlash.
Aholini ro’yxatga olish so’rovnomasiga fuqarolikka doir savolning qo’shilishi rejasi AQSh Oliy Sudi oldida norozilik namoyishiga sabab bo’ldi.
Ko'proq...