AQSh razvedkasi hamjamiyati sardorlariga ko'ra, Shimoliy Koreya yadro dasturidan butunlay voz kechmaydi, Eron esa 2015-yilda imzolangan xalqaro yadro bitimi shartlariga rioya qilmoqda.
Merilend shtati suratxonalaridan birida “Omon qolganlar” nomli loyiha bor. Uni boshlagan fotograf ko’krak bezi saratonidan aziyat chekayotganlar bilan ishlaydi.
Bepushtlikdan qiynalayotgan ota-onalar reproduktiv texnologiyalardan foydalanishi mumkin. Masalan, ekstrakorporal, ya’ni sun’iy urug’lantirish usuli bilan farzand ko'rayotganlar ko'p.
Hozirda jonivorlarning qanday uchishi, o’rmalashi, suzishi-yu har qanday harakatini tubdan o’rganish imkoni bor. Ixtirochilar tabiatning harakatlanish mexanizmini taqlid qilib yangi robotlar yaratmoqda.
Trampning aytishicha, 15-fevralgacha Kongressdagi demokratlar va respublikachilar hamda Oq uy uzoq muddatli rejaga kelisha olmasa, hukumat qayta yopilishi mumkin.
Sport, falokat va o’lim 2018-yil davomida “Google”da eng ko’p qidirilgan mavzular bo’ldi.
“Resurslar, peshona teri va mahorat pul topish uchun yetarli emas”, - deydi o’tgan yili 153 gektar yerga soya ekib, daromad ololmagan Devid Miller.
“Mamlakatdagi umumiy iqtisodiy manzaraga qaraydigan bo’lsak, qora tanli oila 10 sent topsa, oq tanli oila bir dollar topadi. Oq tanli xonadonlarning o’rtacha boyligi qora tanlilarnikidan 10 barobar ko’p".
Innovatsion texnologiyalar sanoati hamon erkaklar qo’lida, biroq xorijda tug’ilgan ayollar muvaffaqiyat qozonib, rahbarlik lavozimlarini egallamoqda.
Tramp AQSh delegatsiyasining Shveysariyada o’tadigan Jahon iqtisodiy forumiga safarini ham bekor qildi.
Tahlilchi Jim Kesslerning aytishicha, demokratlardan prezidentlikka da’vogarlar ko’p bo’ladi, demak, ichki kurash uzoq vaqt oladi. Hech bir ehtimoliy nomzodda yaqqol ustunlik yo’q, deydi tahlilchi Larri Sabato.
Amerikaning raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi, asosan, Xitoy va Rossiya kabi qudratli davlatlar hamda Eron va Shimoliy Koreya kabi raketa salohiyatini oshirishga intilayotgan mamlakatlar tahdididan himoya qilishga urg’u beradi.
Ko'proq...