AQSh moliya vaziriga ko’ra, Xitoy mahsulotlariga qo’yiladigan tariflar kamida bir oy ichida oshadi. May boshida Tramp o’z po’pisasiga ko’ra, tariflarni 25 foizga ko’targan.
Davlat departamenti yangi talablar orqali terrorchilikka aloqador insonlarning AQShga kirishini cheklashni maqsad qilgan. Diplomatik va rasmiy viza sohiblari yangi qoidalardan mustasno bo'ladi.
Hokimiyat binosida yuz bergan otishmada kamida 11 kishi halok bo'lgan. 6 kishi yaralangan.
Chora ko’rish uchun 10 kun muhlat berilgan. Aks holda, Meksikaning barcha mahsulotlariga tarif solinadi. Bu haqda Prezident Donald Tramp “Twitter” orqali ma’lum qildi.
Migrantlar huquqlarini himoya qilayotgan guruhlar maya tilida so’zlashuvchi muhojirlar bilan ishlash uchun malakali tarjimonlar yetishmayotganidan va natjiada ularning arizalari diqqat bilan o’rganilmayotganidan xavotirda.
“Xitoy shu paytgacha teng raqib sifatida ko’rilmagan, ammo, nazarimda, hozir uning salohiyati AQShniki bilan teng va hatto ustun”, - deydi “Demokratiyalar mudofaasi jamg’armasi”dan Bredli Bauman.
Amerikada 1968-yildan beri nishonlanadigan federal bayramda Amerikaning barcha urushlarida, harbiy xizmatda halok bo’lgan ayol va erkaklar yodga olinadi.
Chegara xizmati vakillarining aytishicha, ko’plar xavf-xatarga qaramay, qashshoqlik va zo’ravonliklarga botgan mamlakatlarini ortda qoldirib yo’lga chiqishga hozir.
Demokratlar nazarida, Tramp ma’muriyati Eron yadro dasturiga oid xalqaro bitimdan chiqib, Tehronga ta’sirini yo’qotgan.
Ba'zi shtatlarida abortga yangi cheklovlarning qo'yilgani homila oldirishga ruxsat beruvchi 1973-yilgi Oliy sud qarorini o'zgartirish harakatlarini jonlantirdi.
Adliya vazirligining bildirishicha, Konstitutsiyaga ko’ra, Kongress prezidentning katta maslahatchilarini Oq uydagi faoliyati haqida so’roqqa tutishga majburlay olmaydi.
Kuchli yomg’ir, do’l va to’fonlardan aholi punktlari suv ostida, 75 million odam boshpanasiz. Siklon ta’sirida Arkanzas, Nebraska, Luiziana, Texas, Oklahoma, Kanzas shtatlarida to’fon ko’tarilgan.
Ko'proq...