Bosh vazir Benyamin Netanyaxuning hukmron “Likud” partiyasi hamda uchta siyosiy partiya tashkil etgan “Ko’k va oq” ittifoqi o'zaro bellashmoqda.
NATO harbiy blokining 70 yilligiga bag’ishlangan anjuman doirasida AQSh Vengriya bilan mudofaa bo’yicha hamkorlikka oid ikki tomonlama bitim imzoladi.
Rossiya Venesuelaga harbiy yordamni oshirar ekan, ekspertlar fikricha, inqiroz davom etishi hamda Vashington va Moskva o’rtasidagi proksi-urush maydoniga aylanishi mumkin.
AQSh Prezidenti Donald Tramp “Alibaba”, “Amazon” va “eBay” kabi onlayn platformalarda qalbaki mahsulotlar savdosini taqiqlashga doir memorandumni imzoladi.
Vashingtonda o'tgan yig'inda NATO tashqi ishlar vazirlari o'sib kelayotgan yangi tahdidlarga qarshi birga kurashishga kelishib oldi.
Prezident Erdog’an o’z partiyasi nomzodlarini qo’llab-quvvatlagan edi. Biroq dastlabki saylov natijalariga ko’ra, hukmron AKP partiyasi uch yirik shahar – Anqara, Istanbul va Izmirda mag’lubiyatga uchragan.
“Al-Hol” lageri Suriya shimoli-sharqida, Iroq chegarasiga yaqin joyda bo’lib, aslida 5000 odamga mo’ljallangan, ammo ayni damda u yerda 80 mingdan ziyod odam yashamoqda, aksariyati ayollar va bolalar.
Bosh kotib yutuqlar bilan birga muammo va tahdidlarni ham tilga oldi. Ulardan biri Rossiya ekanini aytib, bu davlat xalqaro bitimlarni buzayotganini, Ukrainaga bostirib kirganini, xorijiy davlat saylovlariga aralashganini aytdi.
AQSh 1987-yilda Rossiya bilan imzolangan O’rta masofali yadroviy qurollarni nazorat qilish to’g’risidagi bitimdan chiqishi mumkin. Chunki, deydi Amerika rasmiylari, Rossiya bitim shartlarini buzishda davom etmoqda.
AQShning har ikki partiyaga mansub qonunchilari "F-35" qiruvchi samolyotlarini Turkiyaga bermaslik haqidagi Tramp ma'muriyati qarorini bir ovozdan ma'qulladi.
Hamkorlik shartlarini yangilayotgan O’zbekiston-Yevropa Ittifoqi muzokaralari faollashgan. Bryusseldagi forumda taqiqdan xalos bo’lgan o’zbek paxtasi, majburiy mehnat masalasi muhokama qilingan.
Aksariyat mutaxassislar nazarida, Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashgani haqidagi iddaolar va Myuller tergovi Trampning Kreml bilan aloqalariga jiddiy putur yetkazgan bo’lishi mumkin.
Ko'proq...