AQSh Harbiy-dengiz floti dalil sifatida video taqdim etdi. AQSh rasmiylari deydiki, unda Eron patrul kateri tankerlardan biridan portlamay qolgan minani yechib olayotgani aks etgan.
39 sahifadan iborat jurnal sifati bilan jihodchilar chiqarayotgan jurnallardan qolishmaydi. Biroq “Ahul-Taqva”da “Islomiy davlat” mafkurasi o’zgacha yoritiladi.
“Bunday mashg’ulotlarni rejalash jarayonida Xitoy va Rossiyani aqlimizdan aslo chiqarmaymiz, ularni qanday mag’lub etish haqida o’ylaymiz”, - deydi qo’mondon Tara Golden.
Polsha AQShdan F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishga, Qo’shma Shtatlar esa bu mamlakatga qo’shimcha mingta askar va pilotsiz zarbdor apparatlar eskadrilyasini yuborishga ahd qildi.
Turkiya Mudofaa vaziri Xulusi Akar AQSh Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxandan olgan maktubiga e’tiroz bildirdi.
Afg’oniston va AQSh davom etayotgan tinchlik muzokaralari yuzasidan o’zaro muvofiq pozitsiyada, deydi Prezident Ashraf G'ani.
Tashabbusni Tolibon harakati ham, AQSh hukumati ham qo’llab- quvvatlamoqda. Qaror uzoq yillik qonli afg’on urushiga siyosiy yechim topish yo’lida qo’yilgan jiddiy qadam ekani aytilmoqda.
Ikki davlat bir necha oydan beri yangi savdo kelishuviga erishishga harakat qilmoqda. Vashington Pekinni oldin kelishilgan shartlarni buzayotganlikda ayblaydi, Xitoy bu da’volarni inkor etmoqda.
Namangan, Samarqand va Urganchdagi aeroportlarining Rossiya kompaniyasi boshqaruviga o’tkazish yuzasidan dastlabki shartnoma allaqachon imzolangan.
Senator Makkonel tariflar urushi amerikaliklarga foyda keltirmaydi derkan, demokratlarni siyosiy o’yinlarni chetga surib AQSh-Meksika chegarasidagi amaliyotlar uchun qo’shimcha pul ajratishga chaqirdi.
Ikkinchi muddatini boshlayotgan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi yangi saylangan qonunchilarni ozchilik guruhlar, xususan musulmonlar ishonchini qozonishga chaqirmoqda.
O’zbekistonning tashqi savdo hamkorlari ro’yxatida Turkiya beshinchi o’ringa chiqib oldi. Qolaversa, ijtimoiy-madaniy aloqalar ham rivojlanyapti.
Ko'proq...