Eronda milliarder dorga osildi

  • Amerika Ovozi

Milliarder Mahafarid Amir Husraviy Tehronda sudda gapirmoqda, 18-fevral, 2012

Milliarder Mahafarid Amir Husraviy Tehronda sudda gapirmoqda, 18-fevral, 2012

Eron tarixidagi eng katta moliyaviy firibgarlik ishida aybdor deb topilgan milliarder Mahafarid Amir Husraviy bugun Tehrondagi Evin qamoqxonasida dorga osilgan.

Soxta hujjatlar bilan mamlakatning yirik moliyaviy muassasalaridan 2,6 milliard dollar miqdorida kredit olib, bir necha yirik bizneslar, xususan metal kompaniyasiga egalik qilgan shaxs shunday jazoga munosib, deya bildiradi adliya vazirligi.

Bu ishda aloqadorlikda ayblanib, kamida 20 kishi sudlangan. Uch nafari qatl etilgan, qolgani uzoq yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bir kishi Kanadaga qochishga muvaffaq bo’lgan. Mahmud Rizo Xovariy vatanda katta bankni boshqargan va hozirda ulkan mukofot kafolati bilan qidiruvda.

Bu ishlar Mahmud Ahmadinajod prezidentligi davrida sodir etilgan, deydi muxolifat vakillari. Lekin Ahmadinajod yulg’ichlik va moliyaviy jinoyatlarga qarshi qattiq kurashganini da’vo qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG