Breaking News

Foydalanish qoidalari va maxfiylik eslatmasi

Shaxsiy ma’lumot haqida

"Amerika Ovozi" saytiga kirganingizda shaxsiy ma’lumotingizni to’plamaymiz. Lekin shaxsingizga tegishli bo’lmagan ba’zi ma’lumotlar avtomatik ravishda to’planib, saqlanadi.

Avtomatik ravishda to'planadigan va saqlanadigan ma'lumotlar

  1. Internet domeyni (ya’ni, *.com, *.edu, *.uz kabilar) va Internet Protokol (IP) adresingiz. IP adres har bir kompyuterga avtomatik ravishda beriladigan raqamlar to’plami;
  2. Internet brauzeringiz va operativ sistema;
  3. "Amerika Ovozi" saytiga kirgan kun va vaqtingiz;
  4. Siz ko’zdan kechirgan sahifalar ro’yxati;
  5. "Amerika Ovozi" saytiga boshqa sahifadan kirgan bo’lsangiz, o’sha sayt adresi.

Agar "Amerika Ovozi"ga shaxsiy ma’lumotingizni yuborsangiz

"Amerika Ovozi"ga e-mail yoki saytdagi maxsus formani to’ldirish orqali shaxsiy ma’lumotingizni yuborsangiz, undan sizga javob yoki xat yozish uchun foydalaniladi xolos. Sizdan hech vaqt shaxsiy ma’lumotingizni yuborish so’ralmaydi. "Amerika Ovozi"ga uzatilgan ma’lumotlar asosida hech bir insonga anketa ochilmaydi va bu ma’lumotlar boshqa xususiy tashkilotlarga uzatilmaydi. Ma’lumot tijoriy marketing maqsadida ham to’planmaydi.

Agar rasmiy idora bo’yicha ma’lumot olishni istab iltimosnoma yuborgan bo’lsangiz, va qonun shuni taqozo qilsa, vayo Kongress yoki sud "Amerika Ovozi"dan ushbu ma’lumotlarni berishni talab qilsa elektron pochtangiz manzili boshqa davlat federal idorasiga uzatilishi mumkin,.

Cookie fayllar
“Cookie” kichik hajmdagi fayl bo’lib, kompyuteringizga siz kirgan veb-sahifa orqali uzatiladi va ma’lumot shu tariqa kompyuter xotirasida saqlanadi. “Cookie” lar ikki xil bo’ladi. Vaqtinchalik va doimiy. Vaqtinchalik “cookie” veb brauzeringiz ochiq turguncha ishlaydi. Brauzerni yopishingiz bilan g’oyib bo’ladi. Doimiy “cookie”lar esa kompyuteringizda uzoqroq vaqt saqlanadi.
"Amerika Ovozi" sahifalari vaqtinchalik “cookie” lardan saytni ishlatish oson bo’lishi uchun foydalanadi. Masalan, keyingi safar yana o’sha sahifaga kirmoqchi bo’lsangiz, kamroq vaqt talab qilinadi. “Cookie” lar orqali saqlangan shaxsiy ma’lumotingiz esa o’sha ma’lumot olishga haqqi bo’lmagan bir idoraga uzatilmaydi.

Huquqiy eslatma

"Amerika Ovozi" muxlislari safini kengaytirish maqsadida boshqa saytlar bilan hamkorlik qilishi mumkin, biroq o’sha saytlar adresining "Amerika Ovozi" saytida chop etilishi "Amerika Ovozi" ushbu sahifalar mazmuni yoki siyosatini qo’llab-quvvatlashini isbotlamaydi. Siyosiy maqsadlarni olg’a surayotgan yoki mablag’ to’playotgan sahifalar manzili "Amerika Ovozi" saytlarida chop etilmaydi.
"Amerika Ovozi" dasturlari Qo’shma Shtatlar ichida efirga uzatilmaydi. Dasturlarimiz va Internet sahifamiz xorijliklarga mo’ljallangan.

Tuzatishlar
Saytimizdagi xatolar quyidagicha tuzatiladi: Agar xato shunchaki orfografik bo’lsa va maqolada aks etgan faktlar va mazmuniga ta’sir qilmasa, ogohlantirishsiz to’g’irlanadi. Agar xato jiddiy bo’lib, faktlar noto’g’ri keltirilgan bo’lsa, tuzatilgan so’z yoki ibora yoniga * belgisi qo’yilib, sahifaning quyi qismida xatoning nimadan iborat bo’lgani va qachon tuzatilgani keltiriladi. Olamshumul va voqea rivoji davom etayotgan xabarni o’z ichiga olgan maqola bir necha bor o’zgarishi mumkin va ular o’quvchiga ma’lum qilinmaydi.

Izohlarni qoldirish qoidalari

Izohlar chop etilishdan avval ko’rib chiqiladi. Bunga 48 soatgacha vaqt ketishi mumkin. "Amerika Ovozi" o’quvchilarini mazmunli muhokama da’vat etadi. Izohlar mafkura yoki siyosiy qarashlarga qarab senzura qilinmaydi. Izohlar tahrir etilmaydi.
O’quvchilar quyidagi qoidalarga rioya qilgan holda izoh qoldirishi kerak:

  1. Mavzu doirasidan chiqmaslik
  2. So’kinmaslik, haqorat va adovat so’zlarini ishlatmaslik va umuman hulqqa e’tibor berish
  3. Shaxsiyatga tegmaslik, zo’ravonlikka da’vat etmaslik
  4. Faqat matndan foydalanish. HTML kabi Internet alifbosidan foydalanmaslik.

Mualliflik huquqlari xususida

  1. "Amerika Ovozi" tayyorlagan barcha eksklyuziv materiallarni ishlatishingiz yoki boshqa saytlarda sahifalarimizga havola ko'rsatgan holda foydalanishingiz mumkin. Buning uchun "Amerika Ovozi"dan ruxsat so’rashingiz shart emas. Biroq saytimizdan olingan ma’lumotlar "Amerika Ovozi" saytidan ekanini belgilashni unutmang. Shuningdek, maqolalarimizni qisqartirmaslik yoki tahrir qilmaslikni so’raymiz. "Amerika Ovozi" tayyorlagan barcha maqola, audio yoki video materiallar bepul va mualliflik huquqlariga ruxsatsiz ishlatilishi mumkin. Biroq ba’zi surat va fotolar mualliflik huquqlari bilan himoyalangan.
  2. "Amerika Ovozi" "Agence France Presse" (AFP), A"ssoshieytid Press" (AP) fotosuratlari, matn va videolarini ishlatish uchun lizensiyaga ega. Bu agentliklarning barcha mahsulotlari mualliflik huquqi bilan himoyalangan va agentliklar mulki hisoblanadi. Ulardan ko’chirma olish, qayt chop etish yoki tarqatish "Assoshieytid Press" va "Agence France Presse" ruxsatisiz taqiqlanadi. "Assoshieytid Press" va "Agence France Presse"ga tegishli matn, grafika, suratlar, audio va video mahsulot hech bir matbuot vositasi orqali bilvosita yoki bevosita chop etilishi, efirga uzatilishi, qayta ishlanishi mumkin emas. Bu mahsulotlarni shaxsiy va notijoriy maqsadlardan tashqari kompyuterda saqlash taqiqlanadi.
  3. "Amerika Ovozi" va "voanews.com" ro’yxatdan o’tgan belgilar bo’lib, ulardan ruxsatsiz tijoriy maqsadda foydalanish man etiladi. Ammo o’z saytingizdan "Amerika Ovozi" sahifasiga ulanmoqchi bo’lsangiz, voanews.com logosidan foydalanishingiz mumkin. Havola ulash maqsadida logoni olishni istasangiz, voanews@voanews.com elektron pochtasi orqali bizga bog'lanishingiz mumkin.

Raqamli erada mualliflik huquqi haqidagi qonun eslatmasi

“Amerika Ovozi” boshqalarning intellektual mulk huquqlarini hurmat qiladi va Amerika Ovozi sayti foydalanuvchilaridan ham shunday qilishni so’raydi. Raqamli erada mualliflik huquqi haqidagi qonun va boshqa shunga aloqador qonunlar asosida “Amerika Ovozi” ayrim holatlarda mualliflik huquqi egalarining huquqlarini poymol qiladigan foydalanuvchilar ma’lumotlarini o’chirish siyosatini amalga oshiradi. Agar mualliflik huquqi sizga tegishli bo’lgan biror material saytimizda qonunga zid ravishda ishlatilgan bo’lsa, “Amerika Ovozi”ning mualliflik huquqlari bilan ishlaydigan vakiliga quyidagi ma’lumotlarni yuboring:

• Noqonuniy ravishda poymol etilgan mualliflik huquqi egasi nomidan ish ko’ruvchi odamning haqiqiy yoki elektron imzosi;

• Mualliflik huquqi buzilgan ish yoki bir necha ish haqida ma’lumot, ularning saytdagi manzili ro’yxati;

• Saytdan olib tashlanishi yoki kirish cheklanishi talab qilingan material haqida aniq ma’lumotni ko’rsatish va “Amerika Ovozi” uni topa olishi uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni berish;

• Shikoyat qilayotgan tomonga “Amerika Ovozi” bog’lana olishi uchun aloqa ma’lumotlari;

• Siz shikoyat qilayotgan material mualliflik huquqi egasi, uning vakili yoki qonun tomonidan ishlatishga ruxsat berilmaganiga ishonchingiz komil ekani haqida eslatma;

• Berayotgan ma’lumotlaringiz to’g’riligini, siz materialga eksklyuziv tarzda egalik qiluvchi tomon vakili sifatida ish ko’rayotganingizni tasdiqlovchi eslatma.

"Amerika Ovozi" saytida mualliflik huquqlari buzilgani haqidagi shikoyatingizni copyrightclearances@usagm.gov elektron pochta manziliga yoki yozma ravishda quyidagi manzilga jo’natishingiz mumkin:

Voice of America Copyright Agent
330 Independence Ave, SW
Suite 3349
Washington, D.C. 20237
United States of America

XS
SM
MD
LG