Breaking News

Sun'iy intellekt hayotimizga qanday ta'sir ko'rsatadi?


Qariyalar va bolalarga hamrohlik qilishga mo'ljallangan robotlar.
Qariyalar va bolalarga hamrohlik qilishga mo'ljallangan robotlar.

Sun’iy intellekt ilmiy fantastik asarlardan zamonaviy hayotimizga allaqachon ko’chib ulgurdi. Bugungi kunda kompyuterlashgan intellekt barcha sohalarni qamrab olgan. Lekin u qulaylik yaratish bilan birga ishsizlik ko’rsatkichlarining oshib ketishiga ham sabab bo’lishi mumkin.

Sun’iy intellekt hayot tarzimizni o’zgartirdi. U qanday sayohat qilishimiz, nimani ko’rishimiz, hatto nimani yeyishimizni belgilamoqda.

Jadal o’sayotgan texnologiyalar qator fundamental savollarni o’rtaga tashlaydi, deydi “Microsoft” bosh yuristi Bred Smit.

“Hech kim, hech qanday hukumat yoki kompaniya qonundan ustun emas. Shuningdek, texnologiyalar ham. Nazarimda, tegishli etika tamoyillari va qonun hujjatlari ishlab chiqilishi lozim. Jamiyatlar texnologiyalardan qanday foydalanishni shu asosda belgilab oladi”, - deydi u.

Inson zehnini ortda qoldiradigan algoritmlari bilan, sun’iy intelekt terrorizmga qarshi kurash, global ochlik muammolarini hal etish, hatto tibbiyot sohasida ham qo’llanilmoqda.

“Immunoterapiya sohasida erishilgan so’nggi yutuqlar, jumladan, saraton kasalini davolash sun’iy intellekt asosida amalga oshirilmoqda. Shunday ekan, u davom etadi va yanada rivojlanadi deyishga asos bor”, - deydi Bred Smit.

Biroq sun’iy itellekt sohasining rivojlanishi mehnat bozorini o’zgartiradi. Oddiy ishchilar ko’chada qoladi.

“Fast fud restoranlaridan yegulik olmoqchi bo’lsangiz, mikrofon orqali bergan buyurtmangizni tinglab, ma’lumotni kompyuterga kiritadigan shaxs – ishchi xodim xizmat ko’rsatadi. Nazarimda, navbatdagi besh yil ichida ana shu xodim ishidan ayriladi. Chunki sizni to'liq tushunib, zarur ma’lumotni tizimga kiritishga qodir kompyuter dasturlari buning o’rnini egallashi aniq”, - deydi Bred Smit.

Smitning aytishicha, bugungi kun ishchisi yangi davrga yangi malaka va qobiliyat bilan kirib borishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG