Breaking News

O'ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchi "Yil odami" bo'ldi


"Time" jurnali bir guruh jurnalistlari "Yil odami" deb e'lon qildi.
"Time" jurnali bir guruh jurnalistlari "Yil odami" deb e'lon qildi.

"Time" jurnali bir guruh jurnalistlarni "Yil odami" deb e'lon qildi. Ular orasida Istanbuldagi Saudiya Arabistoni konsulligida o'ldirilgan Jamol Qoshiqchi ham bor.

Nashr har yili biror shaxs yoki bir necha kishidan iborat guruhni dunyoni "yaxshiroq yoki yomonroq" qilgani uchun alohida e'tirof etadi.

2018-yil odami nomiga "haqiqat uchun ketayotgan urush qurbonlari" sazovor bo'ldi, dedi jurnal bosh muharriri Edvard Felsental.

Qoshiqchidan tashqari "Yil odami" ro'yxatiga Merilend shtatidagi "Capital Gazette" nashrining shu yil iyun oyida o'ldirib ketilgan besh xodimi ham kiritildi.

Shuningdek, soliq to'lamaganlik ayblovi bilan hibsga olingan filippinlik jurnalist Maria Ressa hamda Myanmada qariyb bir yildan beri hibsda saqlanayotgan "Reyters" muxbirlari Va Loun va Kya Su U ham jurnal tomonidan e'tirof etildi.

Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 2017-yilda 262 jurnalist hibsga olingan. Ular soni bu yil yanada ortgan bo'lishi mumkin.

"An'anaviy diktatura rejimlarida jurnalistlarga qarshi kurash, asosan, senzura orqali amalga oshirilgan bo'lsa, zamonaviy diktatorlar haqiqat va faktlarga nisbatan isonchsizlik muhitini yaratishga urinmoqda", - deydi "Time" jurnalining yana bir muharriri Karl Vik.

Unga ko'ra, ozod dunyo yetakchisi sifatida tanilgan AQSh rahbarining avtoritar rejimlar va ularning rahbarlarini himoya qilishi vaziyatni yanada yomonlashtirgan.

Prezident Donald Tramp ijtimoiy tarmoqlarda va saylov kampaniyalarida bir necha bor matbuotni "xalq dushmani" deb atagan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG