Breaking News

AQSh 2019-yilda oyga qaytadi


Oydan Yerning ko'rinishi. "Apollon-8" missiyasi olgan surat. 24-dekabr, 1968
Oydan Yerning ko'rinishi. "Apollon-8" missiyasi olgan surat. 24-dekabr, 1968

Inson qadamining oyga yetganiga 50 yil to’ldi. Oradan yarim asr o’tib ham fazo sir-sinoatlarga boy. Bu sohada 2019-yilda qator loyihalarning amalga oshirilishi kutilmoqda.

Yangi yil kechasi olingan ushbu tasvir insoniyat fazoda kashf etgan eng olis asteroid Ultima Tule hisoblanadi. NASA kosmonavtlari ushbu jismni quyosh sistemasidan tashqarida - Yerdan olti yarim milliard kilometr olisda suratga olishga muvaffaq bo’ldi.

“Kulishingiz mumkin, biroq bu kechagi suratdan yaxshiroq. Marhamat, Ultimani qarshi oling”, - deydi mutaxassis Alan Stern.

Vaqt o’tishi bilan sifati oshadigan suratlarni “Yangi ufq” fazo kemasi tadim etgan. Tadqiqot a’zosi astrofizik va sozanda Brayn Mey kashfiyot ilhomi bilan musiqa bastalagan.

“U menga katta ilhom bag’ishladi. Tadqiqotda ishtirok etayotgan barcha olimlarni yaqindan tanitdi”, - deydi Mey.

Quyosh sistemasining olis qatlamlariga sayohat yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. NASA, “Boeing” va “SpaceX” o’zaro hamkorlikda joriy yilning aprel oyida tajriba parvozini amalga oshiradi. Loyiha fazo turizmini boshlash uchun muhim qadam bo’lishi mumkin.

“Amerika raketasi yoki fazo kemasini mamlakat hududidan xalqaro kosmik stansiyaga uchirish ustida ishlayapmiz. Rossiyalik hamkorlarimizdan mustaqil ishlashga erishmoqchimiz”, - deydi NASA mutaxassisi Bob Kabana.

“Virgin Galactic” kompaniyasi ham fazo turizmi sohasida raqobatga tayyor. Sayyohlar uchun mo’ljallangan kemani sinovdan o’tkazmoqchi.

“Fazoga o’zim ko’tarilaman. O’ylaymanki, bu ko’plarning qiziqishini uyg’otadi. Ushbu dasturni tomosha qilayotganlar ham astronavt sayyohlarga aylanishi mumkin”, - deydi mutaxassis Brenson.

Joriy yilda oyga bir necha parvoz uyushtiriladi. Isroil fevral oyida kichik robot mashinani oyga yo’llaydi. Hajmi kir yuvish mashinasiga teng keladi. Hindiston va Xitoy ham yaqin oylarda sun’iy yo’ldoshlarini oy sathiga safarbar qilishni rejalagan.

Oyga ilk qadam qo’yilgan sanadan ellik yil o’tib, Yerdan olisroq, tezroq va davomiy parvozlari bilan 2019-yil insoniyat tarixidan yutuqlar davri sifatida o’rin egallashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG