Breaking News

"Islomiy davlat" yana kuchayishi mumkin


AQSh Markaziy qo’mondonligi generali Jozef Votel Senatda hisobot bermoqda, Vashington, 5-fevral, 2019
AQSh Markaziy qo’mondonligi generali Jozef Votel Senatda hisobot bermoqda, Vashington, 5-fevral, 2019

Prezident Donald Tramp “Islomiy davlat” ustidan g’alaba e’lon qilib bo’lgan. AQSh dastaklayotgan kuchlar jangarilarning so’nggi nuqtalariga zarba bermoqda. Biroq “Islomiy davlat” mag’lubiyatni tan olishga shoshmayapti. Aksincha, boy berilgan hududlarni qayta egallashni maqsad qilgan.

Tramp Suriyadan 2000 harbiyni zudlik bilan qaytarishni rejalagan. Biroq AQSh Markaziy qo’mondonligi vaziyatni hanuz tahlikali deb baholaydi.

Qo'mondonlik prezidentning “biz ularni yengdik, tor-mor qildik” degan xulosalariga qo’shilmaydi. AQSh qo’shinlari Suriyadan chiqsa, terrorchilar o’z safini qayta tiklashi mumkin.

“Uzluksiz bosimning yo’qligi “Islomiy davlat”ning Suriyada 6-12 oy ichida yangi kuch to’plab, hududlarni qayta egallashiga imkon beradi”, - deyiladi AQSh Markaziy qo’mondonligi bayonotida.

Qo’mondonlik tahliliga ko’ra, jangarilar AQSh qo’shinlari Suriyani tark etish arafasida hujum uyushtirishi va buni g’alaba sifatida e’lon qilishi mumkin. Jangarilar Suriya va Iroqda yangi kuch yig’ishga bel bog'lagan.

Suriya va Iroqdagi mazhablararo azaliy nizolar “Islomiy davlat”ning kuchayishiga xizmat qiladi.

AQSh Markaziy qo’mondonligi rahbari, general Jozef Votel Senatda hisobot berarkan, qonli terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash hali tugamadi va missiya hali bajarilmadi, dedi. Uning fikricha, Oq uy qarori xom.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG