Breaking News

IShIDga qarshi kurash: AQSh xalqaro hamjamiyat bilan hamfikrmi?


Xalqaro hayot: IShIDga qarshi kurash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:12 0:00

AQSh Prezidenti Donald Trampga ko'ra, Yevropa davlatlari Suriyada qo'lga tushgan fuqarolarini qaytarib olishi kerak. U, shuningdek, IShID yakson etilish arafasida ekanini aytgan, lekin tahlilchilar fikricha, guruh hujum qilish salohiyatini yo'qotmagan.

"Islomiy davlat" bir paytlar 100 ming kvadrat kilometr hududni va kamida sakkiz million aholini boshqargan. Bugun esa ular nazoratida Bag'uz shaharchasidagi kichik maydon qolgan, xolos.

Prezident Tramp "Twitter"da "xalifalik qulashga tayyor" deb yozdi.

Myunxendagi Xavfsizlik konferensiyasiga yig'ilgan ittifoqchilar fikri boshqacha.

"Hududlar ozod qilinyapti, lekin IShiD yoki terrorizm hali tor-mor qilingani yo'q. Chunki mafkura hanuz hayot, odamlari hali ham bor va odam yollash ishlari davom etyapti", - deydi Qatar Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon Al-Tani.

Tahlilchi Piter Nyumen fikricha, "Islomiy davlat"da hanuz minglab jangarilar bor.

"Ularning hammasi ham bu hududda emas, ko'plari maxfiy yurishadi. Ular Musulda ham, Raqqada ham bor, payt poylashyapti", - deydi u.

Prezident Trampning yozishicha, Yevropa davlatlari Suriyada qo'lga tushgan 800 dan ortiq fuqarolarini qaytarib olishi kerak; aks holda AQSh ularni qo'yib yuborishiga to'g'ri kelishi mumkin. Ittifoqchilar bundan xulosa chiqarishi kerak, deydi respublikachi kongressmen Darel Isa.

"Ilgari yevropaliklar Guantanamodagi mahbuslarni qaytarishimizni so'rashgan, lekin ularni o'z davlatlarida sudlashmagan. Natijada ular jang maydonlariga qaytdi yoki vatanlarida terrorizmga qo'l urdi. Yevropaliklar bundan saboq chiqardi va jangarilarni qaytarib olishadi, degan umiddaman", - deydi u.

Nyumen bu fikrga qo'shiladi.

"Oddiy qoida bo'lishi kerak, ya'ni har bir davlat o'z fuqarolari uchun mas'ul bo'lishi lozim", - deydi tahlilchi.

Lekin Trampning "Twitter"dagi gapi ittifoqchilarga nisbatan hurmatsizlik, deydi tahlilchi Karin von Hippel.

"Bu barchaning muammosi. Ular Yevropada nafaqat yevropaliklarga, balki amerikaliklarga ham birdek hujum qilishi mumkin", - deydi u.

Hozircha Yevropa yetakchilari Tramp bayonotiga javob bergani yo'q.

Tramp Myunxen konferensiyasida qatnashmadi. Lekin uning "Twitter"dagi bayonoti muhokamalar markazida. IShID haqiqatda mag'lub bo'ldimi yoki hanuz tahdid manbaimi? Muzokarlarda shu savol barchaning diqqat markazida.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG