Breaking News

AQShdagi turkistonliklar: O'zbekistonga borishni xohlaymiz


AQShda nafaqat o'zbekistonlik muhojirlar, balki Afg'onistondan hamda unga qo'shni boshqa yurtlardan kelgan o'zbeklar ham yashaydi. Ular, asosan, 80-yillarda, Afg'onistonda urush boshlanishi ortidan Amerikaga ko'chib kelgan. Bu muhojirlar guruhi o'zlarini turkistonliklar deb ataydi.

Poytaxt Vashington atrofida shunday oilalar soni bir necha yuzta ekani aytiladi. Yaqinda afg'onistonlik o'zbeklar Virjiniya shtatidagi parklardan birida sayl o'tkazdi. Shu munosabat bilan ularni muloqotga chorladik. Turkistonliklar jamiyati, ularning AQShdagi hayoti, shuningdek, Afg'oniston va O'zbekiston haqida gaplashdik.

Afg'onistonlik o'zbek faollari bilan o'tkazgan suhbatimizni quyida tomosha qiling.

Vashington choyxonasi: afg'onistonlik o'zbeklarning AQShdagi hayoti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:22:55 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG