Breaking News

Kongress Trampga qarshi impichment jarayonini rasman boshlamoqda


Trampga qarshi impichment jarayoni
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:42 0:00

AQSh Kongressi Vakillar palatasining demokrat spikeri Nensi Pelosi AQSh Prezidenti Donald Trampni impichment qilish masalasini ko'rib chiqish rasman boshlanganini e'lon qildi. Bu orada Tramp qayta saylanish uchun xorij hukumatidan yordam so'raganiga oid yangi bahslar avj oldi. U Ukraina rahbaridan demokrat raqibi Jo Bayden oilasining Ukrainadagi ishlarini tekshirishni so'ragani da'vo qilinmoqda.

Tramp prezidentligi og'ir sinov ostida.

"Vakillar palatasi impichment tekshiruvini rasman boshlayapti. Oltita qo'mitamizga impichment so'rovi bo'yicha tekshiruvlarni boshlashni buyurdim. Prezident ishiga javob berishi kerak. Hech kim qonundan ustun emas", - dedi spiker Nensi Pelosi.

Tramp impichment jarayoniga yo'liqqan to'rtinchi AQSh prezidenti bo'lish arafasida turibdi. U Ukraina uchun Kongress ajratgan mablag' yo'lini to'sganlikda ham ayblanmoqda.

"Bu pullar berilgan. To'liq to'lab berilgan. Lekin mening shikoyatim shuki, Yevropa va boshqa davlatlar Ukrainaga yetarli mablag' ajratmaguncha, bunday pullarni to'xtataman va shunday qilishda davom etaman", - dedi Tramp.

Trampning Ukrainaga oid mashmashasi oshkor bo'lgach, demokratlarning impichment jarayonini boshlash talabi kuchaydi.

"Ortga sura olmaymiz, ortiq kutmaymiz. Buni hoziroq qilish kerak", - dedi qonunchi Jon Lyuis.

"Trampni impichment qilish kerakmi" degan savol ustida demokratlar bir necha oydan beri bahslashib keladi.

"Juda yomon ishlar ko'p bo'ldi. Lekin bunga o'xshashini hali ko'rmadik. Prezident aybini tan olib, qo'llaringdan nima keladi deb turibdi-ku", - dedi yana bir demokrat qonunchi Tom Malinovskiy.

Tramp tarafdorlari esa Pelosning qarorini quruq gap demoqda.

"Impichment boshlanganini u bir o'zi e'lon qila olmaydi. Uning aytganlari anchadan beri davom etmoqda, yangilik yo'q", - dedi respublikachi Kevin Makkarti.

Demokratlarning Ukainaga oid ma'lumotlarni ommaga oshkor qilish talabiga Senatdagi respublikachilar ham qo'shildi.

"Agar prezident qoidaga rioya qilmasa, Kongress yo'lini to'sishda davom etsa, Kongressda impichmentdan boshqa chora qolmaydi. Bu fojia, lekin prezident o'zi yaratgan fojia", - dedi prezidentlik uchun demokrat nomzod Jo Bayden.

Demokratlarga ko'ra, bu milliy xavfsizlik inqirozi va u amerikaliklarni befarq qoldirmasligi kerak.

"Prezident boshqa davlatga atalgan yordamni to'xtatmasligi, raqiblari haqida kir qidirmasligi kerak. Bu konstitutsiyaga zid va hozir buni aniq bildirish mavridi", - dedi demokrat qonunchi Ilhan Umar.

Kongressning razvedka qo'mitasi so'nggi mashmashalarga doir tinglovni shu hafta boshlashi kutilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG