Breaking News

Liviyada tinchlik o'rnatish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi


Liviya bo'yicha Moskvada o'tgan anjuman, 2020-yil, 13-yanvar
Liviya bo'yicha Moskvada o'tgan anjuman, 2020-yil, 13-yanvar

Rossiya rasmiylarining aytishicha, Moskvada o’tgan uchrashuvda Liviyada tinchlik o’rnatish bo’yicha muhim kelishuvga erishilgan. Ammo bitim kuchga kirishi uchun qarshi taraflar uni imzolashi kerak. Rossiya Liviya sharqida hokimiyat uchun kurashayotgan Xalifa Xaftar kuchlarini himoya qiladi. Liviyaga qo’shin kiritishni rejalayotgan Turkiya esa Tripolidagi BMT tan olgan hukumat tarafdori. Moskva va Anqara tomonlar o’rtasida vositachilik qilmoqda.

Liviya ikkiga bo’lingan: o’gir qurollangan va bir necha davlatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan qarama-qarshi guruhlar Tripoli uchun kurash olib bormoqda.

Xalifa Xaftar kuchlari Tripolidagi BMT tan olgan Bosh vazir Fayoz Sarraj hukumatiga qarshi o’tgan yili aprelda urush boshlagan. Shu hafta tomonlar o’rtasida kelishish umidi paydo bo’ldi.

Har ikki guruh 12-yanvardan boshlab o’zaro hujumlarni to’xtatishga rozi bo’ldi. Turkiya esa mintaqadagi ta’sirini boy bermaslik uchun Liviyaga qo’shin kiritishga hozirlanmoqda.

“Anqara Haftar kuchlarining g’olib kelib, Tripolini egallashini istamaydi. Haftarning g’alabasi Misr, Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni uchun foyda. Anqara bu davlatlar bilan hozir yomon aloqalarga ega”, - deydi tadqiqotchi Klaudiya Gazzini.

Turkiya Tripoli hukumati bilan kelishib, O’rta yer dengizidagi chegaralarni ham aniqlashtirib olmoqchi.

“Turkiya bu bilan Misr, Isroil, Kipr va Gretsiyaning sharqiy O’rta Yer dengizidan Yevropaga gaz eksport qilishini to’smoqchi”, - deydi Gazzini.

Haftar Anqaraning aralashuvini “turk bosqini” deb atadi. Gazziniga ko’ra, Turkiyaning Liviyaga kirishi tinchlik ehtimolini qiyinlashtirishi mumkin.

“Turkiya Tripolidagi hukumatni va uning atrofidagi harbiylarni qo’llash orqali ularning muzokaralardagi pozitsiyasini, sulhga rozi bo’lish ehtimolini qiyinlashtirmoqda”, - deydi tadqiqotchi.

Hozircha sulh ish berayotgandek. Rossiya, Turkiya va Liviya rasmiylari 13-yanvar kuni Moskvada uchrashib, hujumlarni to’xtatishga kelishib olgan. Shu oy oxirida navbatdagi tinchlik muloqoti Berlinda o’tkaziladi. Turkiya prezidentining aytishicha, turk askarlari tinchlikni kafolatlash uchun Liviyaga kiradi.

“Xudo xohlasa, Berlindagi anjuman ortidan biz bu sulhning mustahkam asosini yaratamiz”, - dedi Prezident Rajab Toyyib Erdog’an.

2011-yil Muammar Qaddofiy hokimiyatdan ag’darilgandan beri Liviyada tinchlik yo’q. So’nggi kelishuv ortidan umidlar ortgan bo’lsa-da, xalqaro kuchlarning ko’proq aralashuvi bu imkoniyatni yo’qqa chiqarishi mumkin.

Xalqaro hayot - 2020-yil, 14-yanvar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:20 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG