Breaking News

Tramp: Jahon Amerika irodasining to’liq muzaffariyatiga hali shohid bo’lgani yo’q


AQSh zaminidan fazoga parvoz. 30-may, 2020.
AQSh zaminidan fazoga parvoz. 30-may, 2020.

AQSh siyosatini aks ettirgan rasmiy maqola

Qariyb to’qqiz yillik tanaffusdan so’ng, 2020-yilning 30-mayida astronavtlar guruhi AQSh hududidan fazoga parvoz qildi. NASA astronavtlari Robert Benken va Daglas Xyorli 19 soatlik parvozdan so’ng Xalqaro fazo stansiyasiga yetib bordi.

Tarixiy parvoz ortidan nutq so’zlar ekan, Prezident Donald Tramp “NASA va SpaceX kompaniyasi o’rtasidagi olamshumul hamkorlik”ni olqishladi. Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, davlat va xususiy sektorning qo’shma missiyasi “davlatning mislsiz qudratini namoyish etdi”.

“Zamonaviy fazo kemasi astronavtlarimizni orbitaga kosmik kemalarga nisabatan ancha kam xarajat bilan yetkazmoqda”, - dedi prezident.

Amerika zaminidan amalga oshirilgan bu parvoz fazo bilan bog’liq tadqiqotlar uchun muhim burilish yasaydi. AQSh rahbariga ko’ra, “NASA endi insoniyat tarixidagi eng og’ir, eng qahramonona va eng jur’atli missiyalarni amalga oshirish uchun tayyor”.

“NASA tashkilotining “Artemida” dasturi doirasida AQSh Marsga o’z astronavtlarini yo’llaydi. 50 yillik tanaffusdan keyin “Orion” kapsulalari amerikaliklarni takror oy orbitasiga eltadi. 2024-yilda fazogirlarimiz oy sathiga qadam qo’yadi va doimiy maskan uchun zamin yaratadi. Marsni zabt etish bo’yicha yangi bosqichni boshlaydi”, - dedi prezident.

Trampning ta’kidlashicha, fazoga parvoz faqatgina NASA yutug’i emas. “Bu Amerika xalqining intilishlari va irodali mehnati samarasi, uning jahondagi muhim nufuzidir”.

“Kashfiyotlar bizning qadriyatlarimiz va e’tiqodimizni sinovdan o’tkazadi. Amerika dunyo sinoatlarini kashf etish, yangi cho’qqilarni zabt etish, insoniyat salohiyatini to’liq ishga solish, har sohada, xususan, fazoda ham yetakchilik qilishga qodir davlat sifatida tan olingan”, - deydi prezident.

“Bizning jasur astronavtlarimiz fazoni zabt etib, dunyoni tebratar ekan, shuni ma’lum qilamiz-ki, Amerika xalqi o’z qudratini hali to’liq namoyish etgani yo’q. Jahon Amerika irodasining to’liq muzaffariyatiga hali shohid bo’lgani yo’q. Davlatimiz, avlodlarimiz va insoniyat istiqboli uchun sayyoralarga qadam qo’yamiz. Buyuk zafar oldinda”, - deya ta’kidladi Tramp.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG