Breaking News

Jo va Jill Bayden: prezidentlikka nomzodning shaxsiy hayotiga nazar


Jill Bayden: O'qituvchi va erining himoyachisi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:29 0:00

Demokratik partiyadan prezidentlik uchun nomzod Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden saylov kampaniyasida turmush o’rtog’iga yordam berish uchun o’qituvchilik ishidan ta’tilga chiqdi. Vashington unga yaxshi tanish. Chunki turmush o’rtog’i Jo Bayden 36 yil senator, Barak Obama ma’muriyatida esa sakkiz yil vitse-prezident bo’lgan.

Jill Bayden shu kunlar band.

Erining virtual saylov kampaniyasiga yordam bermoqda. Hozir ispanzabon ayollar davrasida.

Yaqingacha u jamoat kollejida o’qutuvchi edi. Yoshlarga saboq berishni yoqtiradi.

“Men Jill Baydenman va jamoat kollejida dars berish men uchun sharaf”, - deydi u.

U turmush o’rtog’i vitse-prezident bo’laturib, Oq uydan tashqarida maosh to’lovchi ishga ega bo’lgan birinchi ayol.

“Ko’plab talabalarim ikkita ishim borligini bilmaydi”, - deydi u.

Jill talabasi bilan bo’lgan bir suhbatni kollej bitiruvchilari davrasida shunday xotirlaydi:

“Kecha sizni Mishel Obama bilan televirzorda ko’rdim va onamga, bu mening ingliz tili o’qituvchim, deb aytdim. Onam esa bu sening o’qituvching emas, vitse-prezidentning xotini, dedi”.

Agar Jo Bayden prezidentlikka saylansa, Jill Bayden doktorlik darajasiga ega birinchi Oq uy xonimiga aylanadi.

“U ta’lim sohasida islohotlarni amalga oshirishda faol bo’lishini kutish mumkin. Lekin hamma ham bu fikrga qo’shilmaydi. Ko’pchilik birinchi xonim faqat chiroyli kiyimlarda yurib, siyosatga burun suqmasin, deydi. Lekin men bunday toifadan emasman. U bu imkoniyatdan foydalanishi kerak”, - deydi yozuvchi Betti Karoli.

Jo va Jillning hayoti oson boshlanmadi. Jill avvalgi turmushidan ajrashayotgan, Jo esa rafiqasi va yosh go’dagi avtohalokatda nobud bo’lgach, ikki yosh o’g’lini bir o’zi katta qilayotgan edi. Menga turmushga chiq, deb besh marta so’radim, deya xotirlaydi Jo Bayden.

“Jill, mening irlandcha g’ururimning sabr kosasi to’lyapti. Oxirgi marta so’rashim: qachonligini aytmasang ham, menga turmushga chiqasanmi yo’qmi, shuni ayt, deb so’radim va u rozi bo’ldi”, - deya xotirlaydi u.

Oradan to’rt yil o’tib ularning qiz farzandi tug’ildi. 2015-yil oila yana bir fojiaga yo’liqdi. Jo Baydenning o’g’li Bou miya saratonidan vafot etdi.

Shundan beri Jill Bayden saraton loyihalarida faol.

Shu yil iyunda Jilll Bayden turmush o’rtog’i haqida bolalar uchun kitob yozdi.

Bayden xonim ham ruhan, ham jismonan doim turmush o’rtog’ining yonida. Martda o’tgan bir uchrashuvda namoyishchilar sahnaga otilib chiqqanda, u hatto o’z tanasi bilan Joni himoya qilishga urindi. Bir emas, ikki marta.

Ular uchun kichik Delover shtati vatan, ammo juftlik Jo Bayden senatorligining oxirgi 21 yilini va Oq uydagi sakkiz yillik vitse-prezidentlikni birga o’tkazdi.

Agar Jo Bayden prezidentlikka saylansa, yana kamida to’rt yil ular Oq uyda bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG