Breaking News

Tadqiqot: Banklar orqali milliardlab dollar shubhali pul aylanmoqda


Banklar moliyaviy jinoyatlardan ko'z yumyaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:19 0:00

Fosh etilgan hujjatlarga ko’ra, so’nggi yillarda dunyoning ko’plab yirik banklarida qiymati ikki trillion dollarga teng shubhali yoki firibgarlikka asoslangan transaksiyalar amalga oshirilgan. Ular orasida jinoiy to’dalar va terrorchilar uchun pul yuvish bilan shug’ullanganlar ham bor. Bu ma’lumotlar 1999-yildan 2017-yilgacha bo’lgan davrni qamrab oluvchi va banklar tomonidan AQSh Moliya vazirligiga yuborilgan 2000 dan ortiq hisobotlarda o’z aksini topgan. Hujjatlar dastlab “Buzfeed” saytida e’lon qilindi.

Fosh etilgan hujjatlarga ko’ra, Britaniyaning “HSBC” banki AQSh rasmiylarining ogohlantirishiga qaramay, 80 million dollar miqdordagi shubhali pulni AQSh orqali Gonkongga jo’natgan.

“JP Morgan” esa Londondagi hisob raqami orqali bir milliard dollar o’tkazgan. Bu pul AQSh qidiruv ro’yxatida bo’lgan Rossiya mafiyasi rahbari Semyon Mogilevichga tegishli ekani taxmin qilinadi.

“Deutche Bank” o’z navbatida jinoiy to’da va terrorchilarga aloqador pullarni yuvish bilan shug’ullangan guruhga xizmat ko’rsatganlikda ayblanadi. Hujjatlarda nomi qayd etilgan banklar bu ishlarning o’tmishda yuz berganini va barcha holatlarda qonun doirasida ish tutganliklarini aytmoqda.

“Eng muhimi, 2015-yildan beri bu yo’nalishga katta sarmoya ajratdik”, - deydi “Deutsche Bank” so’zlovchisi Yorg Eygendorf.

Unda transaksiyalar nega to’xtatilmagan? Ekspert Tom Kitingga ko’ra, moliyaviy jinoyatlarni aniqlash juda qiyin.

“O’zingizni Londondagi Oksford ko’chasida turgandek his qiling. Kimdir sizdan do’konga kirayotganlardan qaysi biri o’g’irlik qilyapti yoki o’g’irlik qilmoqchi, deb so’rasa, aniq javob bera olasizmi?” – deya so’raydi mutaxassis.

Kitingning aytishicha, shubhali harakatlar haqida hisobot berish tizimi har doim ham natija bermaydi.

“Har yili Britaniyada yarim million, AQShda esa bir necha million shubhali moliyaliy harakatlar haqida banklardan hisobotlar tushadi. Mutasaddilar bu ma’lumotlarni nima qiladi? Albatta, ularning har birini o’rganib chiqishning imkoni yo’q”, - deydi Kiting.

Britaniyalik siyosatchilar ham e’tiborga tushdi. 2019-yil Bosh vazir Tereza Mey bilan suratga tushgan rossiyalik Lyubov Chernuxin Konservatorlar partiyasiga 2,2 million dollar ehson qilgan.

Sizdirilgan hujjatlarga ko’ra, uning turmush o’rtog’i AQSh sanksiyalariga yo’liqqan va Prezident Vladimir Putinga yaqin rossiyalik oligarx Sulaymon Karimov tomonidan moliyalanadi. Chernuxinning ehsoni qonuniy bo’lgani aytilmoqda.

“Transparency International” tashkiloti ma’lumoti bo’yicha, har yili London orqali 100 miliard dollar pul yuviladi.

“Agar jinoiy yo’l bilan topilgan pulni halollashni istasangiz, Britaniyada barcha imkoniyatlar mavjud. Yuridik firmalar, global banklar, ofshor moliyaviy markazlar va sarmoya kiritish uchun ko’chmas mol-mulklar hamda xususiy maktablar xizmatingizda. Britaniya moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashni qancha tezlashtirsa, shuncha yaxshi. Tizimni tezroq isloh qilishimiz kerak. Chunki hozir jinoyatchilarning qo’li baland kelmoqda”, - deydi Kiting.

Ekspert fikricha, banklarning inkor qilishiga qaramay, moliyaviy jinoyatlar katta miqyosda sodir bo’lishda davom etmoqda. Ularni to’xtatish uchun hukumatlar va moliyaviy institutlar jiddiyroq choralar ko’rishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG