Breaking News

Xitoy-Markaziy Osiyo aloqalari AQShdan qanday ko'rinmoqda?


Xitoyning Lianyungang portida Qozog'iston bilan hamkorlikdagi logistika markazi joylashgan. Bu inshootni tomonlar oradagi savdo yo'llari va bugungi tijoratning "yuksak namunasi" deb ataydi.
Xitoyning Lianyungang portida Qozog'iston bilan hamkorlikdagi logistika markazi joylashgan. Bu inshootni tomonlar oradagi savdo yo'llari va bugungi tijoratning "yuksak namunasi" deb ataydi.

Amerika ekspertlari Xitoyning Markaziy Osiyodagi bugungi kuchiga AQSh qanday javob berishi kerakligi xususida turlicha fikrda. Ayrimlariga ko'ra, bellashish shart emas. Ba'zilari ta'biricha esa tenglashib ham bo'lmaydi. Ular bir nuqtada hamfikr: AQSh uzoq muddatni ko'zlab siyosat yuritishi kerak.

Amerika poytaxtidagi Uilson markazida Xitoy bo'yicha ekspert Robert Deyli deydiki, G'arb bugun mintaqani yangi sovuq urush maydonining bir qismi deb ko'radi.

"Biz hozir shunday davrga kirganmiz va u ancha davom etsa ajabmas. Amerika Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatni shunga qarab belgilaydi", - deydi u.

Kaspiy siyosati markazi (Caspian Policy Center) deb nomlangan dargohda kechgan anjumanda so'zlagan boshqa tadqiqotchilar ham shunga urg'u beradi: Rossiya G'arbning asosiy dushmaniga aylangan bir davrda bu davlatlar hamon Moskva ta'siri ostida, shu bilan birga Pekinning ham nufuzi oshib bormoqda.

"Bu yerda Xitoyga osonroq", - deydi Deyli. - Chunki unda geogragik va iqtisodiy ustunlik bor. U bilan sheriklikka va yanayam bog'lanishga yo'q deya olmaysiz".

Deyli va boshqa ekspertlar Markaziy Osiyoda rahbarlardan tortib oddiy fuqarolargacha Pekindan xavfsirashini ham kuzatadi. Mintaqa Xitoyga tobe bo'lgisi kelmaydi, deydi Deyli, u hududlarni egallab olmoqda, degan qarshilik ham kuchli.

Si Zinpin "Kamar va yo'l" loyihasini va'da qilganidek amalga oshira olmaydi.

"Aholi orasida Xitoy uyg'urlar va boshqa turkiylarni ezayotganidan norozilar ham talay. Qolaversa, oxirgi paytlarda investitsiya ham ozaydi",- deya qo'shadi Deyli.

Uning tahlilicha, Si Zinpin "Kamar va yo'l" loyihasini va'da qilganidek amalga oshira olmaydi. Xitoy o'z iqtisodiy va moliyaviy tizimlarini qayta ko'rib chiqar ekan, bu loyihani ham isloh qilishi tayin, deydi Deyli.

"Xitoy Markaziy Osiyoga bergan va'dalarining ustidan chiqmagan holda ham AQSh unga yeta olmaydi. Bu orada Pekin xavfsizlik yo'nalishida ham harakatni oshirgan. Hukumatlar bunga ochiq".

Amerika oldindan mintaqaga tor maqsadlarga asoslangan holda qaragan va hozir ham shunday, deya tanqid qiladi oli, Xitoy esa bundan foydalanadi.

"AQSh qisqa emas, uzoq muddatni ko'zlab siyosat yuritshga usta edi. Hozirda bu iqtidorimizni ham boy bergandekmiz",- deydi Deyli.

"Biz Markaziy Osiyo davlatlariga sovuq urush maydonining bir parchasi emas, o'z prioritetlari va manfaatlarini ega va ularni himoya qilayotgan sistemalar sifatida qarashimiz kerak. Ular Xitoy va Rossiya bilan yaqindan ishlasa-da, bosqalarga ham ochiq, yangi hamkorlarga tashna".

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammiti, 16-sentabr, 2022
Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammiti, 16-sentabr, 2022

Deyli Vashington siyosatchilariga yana bir tavsiya beradi: "Diplomatiyamizda Xitoy va Rossiyaning mintaqadagi har bir harakatini salbiy tusda talqin qilmasligimiz kerak. Oldin ham shunday xato qilganmiz, hozir ham qilayapmiz. Osiyoda davlatlarni avtoritar va demokratik deya ajratib, yakkahokimlikka asoslanganlarni chetga suraverish, hamkorlikni cheklash. Hozirgi diplomatiyamizda buni takrorlash katta xato bo'ladi".

Bayden ma'muriyati rasmiylari deydiki, mintaqaqa unday qaralmayapti, aksincha, har bir davlat bilan konstruktiv aloqa yo'lga qo'yilgan, hamkorlik o'zaro manfaatlar va hukumatlarning irodasiga qarab shakllanib kelmoqda.

Diplomatiyamizda Xitoy va Rossiyaning mintaqadagi har bir harakatini salbiy tusda talqin qilmasligimiz kerak.

Deyli fikricha, Vashington Markaziy Osiyo xalqlari bilan madaniy va ilmiy bog'lanish uchun ko'proq mablag' ajratishi kerak. Shu bilan birga iqtisodiy imkoniyatlarning ustida qattiqroq ishlashi lozim, ayniqsa mintaqaviy loyihalarni quvvatlash yo'lida.

Ekspert qonun ustuvorligi, media erkinlik, ochiqlik kabi qadriyatlarni targ;ib qilishni ham zarurat deb hisonlaydi. Bunda AQSh Yevropa va Osiyodagi ittifoqchilari bilan hamkorlik qilishi kerak, deydi Deyli.

AQSh Mudofaa universitetidan Brianna Todd tahlilicha, Markaziy Osiyoga nisbatan siyosatda Rossiyani hisobga olmaslik, ayniqsa hozirgi paytda kaltabinlik bo'ladi. Ukrainadagi urush bo'ladimi yo Markaziy Osiyo xavfsizligi, Kremlning qo'llari va ko'zlari qayerda ekani bag'oyat muhim faktorlardir, deydi u.

"Shu kunlarda Tojikiston-Afg'oniston chegarasida tojik va rus askarlar mashqda. Rossiya Ukrainada urushda, ammo mintaqani tark etmagan",- deydi olima.

Uning tadqiq etishicha ham Xitoy iqtisodiy loyihalari sekinlashgan, "Kamar va yo'l" sust, ammo xavfsizlik borasida Pekin faollashgan.

Todd eslatishicha, bunday hamkorlik yangi emas. "2000-yillardan beri ikki tomonlama va ko'p tomonlama harbiy mashqlar va aloqalar rivojlanib kelmoqda".

Mintaqada, xususan Tojikistonda bugun Xitoy zobitlari yuribdi va ularni hukumatlarning o'zlari taklif qilgan, deydi Todd.

"Ular chegarani qo'riqlamoqda, masalan, shuningdek, terrorizmga qarshi choralar ko'rish bilan band. Zarur bo'lsa, boshqa vazifalarni bajarishga ham shay".

Todd fikricha, AQSh mintaqada biror sohada Xitoy bilan aslo tenglasha olmaydi, unga yaqin ko'lamda rol o'ynay olmaydi.

AQSh mintaqada biror sohada Xitoy bilan aslo tenglasha olmaydi, unga yaqin ko'lamda rol o'ynay olmaydi.

"Biz tenglashishni maqsad qilishimiz shart ham emas, ayniqsa iqtisodiy va xavfsizlik jihatdan", - deydi ekspert.

"Markaziy Osiyo bilan hamkorligimiz o'zaro manfaatlardan kelib chiqib, hamma sohalarda rivojlanaverishi kerak. Bir yoki ikki sektor bilan cheklanmay, hukumatlararo, xalqlararo aloqalarni mustahkamlayverishimiz kerak".

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammiti, 16-sentabr, 2022
Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqanddagi sammiti, 16-sentabr, 2022

Todd deydiki, rishtalar shunday mahkam bo'lishi kerakki, rahbarlar va tuzumlar o'zgarganida ham davlatlar yaqinligini saqlab qola olsin.

AQShda ma'muriyat nimaiki xohlamasin, uni Kongress quvvatlashi va zarur mablag'ni ajratishi kerak. Bunda esa asosiy talab har bir dollar Amerika manfaatlariga xizmat qilishidir. Markaziy Osiyoning har bir davlati bilan do'stona va yaqin hamkorlik AQSh xavfsizligi uchun xizmat qiladi, deydi Todd, qonunchilarga buni tushuntira olish zarur.

"Markaziy Osiyoning har bir hukumatiga quloq tutamiz. Ular hamkorligimiz har doim ham ochiq muhokama qilinishini xohlamaydi, chunki atrofidagi yirik davlatlarda bu borada savollar ko'payadi. Ulardan bosim pastroq turishi uchun ham mintaqadagi sheriklar ehtiyotkor",- deya tahlil qiladi ekspert.

Brukings institutidan Yohannes Linn deydiki, Amerika ilm va siyosat ahli mintaqadagi tahlillariga ham quloq tutishi kerak. Linn yetakchiligida Xitoyning Markaziy Osiyodagi loyihalari haqida kitoblar va qo'llanmalar chiqqan.

"Mintaqadagi qarashlar bilan tanishar ekansiz, "Kamar va yo'l" doirasidagi loyihalar mamlakatlarga foyda keltirayotganini eshitasiz. Markaziy Osiyo dunyoning iqtisodiy jihatdan eng tarqoq regionlaridan biri ekan, uni birdamlikka undovni har qanday iqtisodiy proyekt, tabiiyki, olqishlanadi", - deydi Linn.

"Xitoy investitsiyasi yo'llarni, telekommunikatsiya, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari singari o'ta muhim yo'nalishlarnig rivojlanishi uchun hissa qo'shayotgani ijobiy baholanadi. Shuningdek, qishloq xo'jaligi, sanoat, bank tizimlari va erkin savdo zonalarini taraqqiy ettirishda ham Xitoy roli e'tirof etiladi".

"Mintaqadagi qarashlar bilan tanishar ekansiz, "Kamar va yo'l" doirasidagi loyihalar mamlakatlarga foyda keltirayotganini eshitasiz.

Linn deydiki, Pekin mintaqada inson kapitali ravnaq topishi uchun ham yordamlashmoqda. Odamlar buni qadrlaydi, deya kuzatadi u. Universitetlar ochilmoqda, tadqiqot uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Xitoydan texnologiya kirib kelmoqda. Mutaxassislar ularni qanday ishlatishni xitoylik hamkasblaridan o'rganmoqda.

"Xitoydan qarz bo'lib qolish ko'plarni bezovta qilishi ham haqiqat", - deydi Linn. - Ayniqsa Tojikiston va Qirg'iziston singari kichik davlatlar uchun Pekin berayotgan kreditlardan qutulish oson kechmaydi".

G'arb bu masalalarda muqobil yo'llar taklif qila oladimi? Qila oladi, deydi olim, lekin buning uchun xohish kerak.

Qirg'iziston va Tojikistonda konchilik sanoatida ham Xitoyning ulushi katta. Bu sohalar o'ta korrupsiyalashgan sektorlar hisoblanadi. Sanoatlarning rivojlanisi jamiyatni va uni bosqaradigan sistemani ham oldinga siljitishi lozim.

Xitoy qurayotgan yo'llar va infratuzilma, shuningdek, uning nazoratidagi kommunikatsion xizmatlar bizni rivojlantiradimi yoki ko'proq Xitoy uchun xizmat qiladimi degan savollar tez-tez yangraydi.

G'arb nazarida hozir yangi sovuq urush avjida, Rossiya - asosiy dushman
G'arb nazarida hozir yangi sovuq urush avjida, Rossiya - asosiy dushman
"Kamar va yo'l" doirasida kelayotgan investitsiya prezident saroylari va sport arenalari uchun sarflanmoqda, deb xulosa qilish oson".

Sanoatlashish ekologiyaga ko'proq e'tibor talab qiladi. Buni esa Markaziy Osiyo uchun Xitoy qilmaydi, deydi Linn. Regionda iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi kurash sust, ammo Pekin o'z hududida bu borada jadal harakatda.

Linn nazarida mintaqa ahlini ish bilan ta'minlash Xitoy uchun asosiy vazifa yoki maqsadlardan biri emas. Buni har bir davlatning o'z rahbariyati o'ylashi lozim.

"Bu boshqaruvlardagi muammolarni yaxshi bilamiz. Oshkoralik yetishmaydi. Demak, "Kamar va yo'l" doirasida kelayotgan investitsiya prezident saroylari va sport arenalari uchun sarflanmoqda, deb xulosa qilish oson".

Prezidentlarga yaqin odamlarning "yog'li loyihalar" boshida turgani ma'lum, deydi olim. Pekin oxirgi yillarda shaffoflikni ta'minlashga bel bog'lab, shaffoflik, javobgarlik va ekologik ogohlik kabi talablarni joriy etgan.

Linn tahlilicha ham "Kamar va yo'l" loyihasi mintaqada sekinlashgan. Qirg'izistonda, xususan, yangi sarmoya yo'q, deydi u, yangi loyihalar boshlanmayapti. Pandemiya sabab va Xitoy tomondan boshqaruvchilarning yangilangani va faoliyat sustligi bois ko'p hollarda oldinga qadam tashlanmayapti.

Xitoy berayotgan va'dalarida tursa, deydi Linn, O'zbekiston va Qirg'iziston bilan yangi temir yo'ni ishga tushiradi. Yevropaga chiqish uchun Pekin mintaqada yangi koridorlar ochadi. Lekin bu borada ham xulosa qilishga hali erta, deydi u.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG