Breaking News

Markaziy Osiyo: suv muammosi yana dolzarblashmoqda


Markaziy Osiyo mintaqasida suv oziq-ovqat taminoti, elektr energiyasi ishlab chiqarish va ekologiyaga togridan-togri tasir korsatadi. Mintaqa davlatlari, asosan, Amudaryo va Sirdaryo suvlaridan toyinadi. Har ikki daryo ham transchegaraviy bolganligi uchun qurgoqchilik yillari suv tanqisligi ortidan davlatlararo etirozlar bolib turishi tabiiy.

Ammo har holda besh davlat orasida suv taqsimoti boyicha ozaro kelishuv amal qiladi. Lekin mintaqaning oltinchi davlati – Afgonistonning Amudaryodan suv olish uchun qilayotgan harakatlari oqimning quyi davlatlari – Ozbekiston va Turkmanistonda tashvishlar uygotmoqda.

Qoshteppa kanali orqali Afgonistonda toliblarning Amudaryodan suv olishi Markaziy Osiyo davlatlari uchun kutilmagan hol boldi. Ammo bu xavotir keltirayotgan yagona muammo emas. Undan ham kattaroq muammo bor. Bu mintaqada suv zaxiralarining yildan-yilga kamayib borishi.

Mintaqa daryolari shakllanadigan Tojikiston va Qirgiziston toglarida muzliklarning odatdagidan tezroq erib borishi kelajakda mintaqada suv muammosi borgan sari kuchayishidan darak beradi.

Malumki, Tojikistonda mintaqadagi eng yirik muzliklar mavjud. Mamlakat hududining 6 foizini muzliklar tashkil etgan va ular yuz yillar davomida mintaqa daryolarini suv bilan taminlab kelgan. Ammo joriy yilning mart oyi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon BMT televideniyesi muxbiri bilan suhbati paytida aytishicha, mamlakatdagi 14 ming muzlikdan mingdan ortigi yoki on foizga yaqini oxirgi 20 yil davomida butunlay erib bitgan va bu jarayon muntazam davom etmoqda. Malumotlarga kora, oxirgi 30-40 yil davomida Fedchenko muzligi 6-7 foizga qisqargan.

Mahalliy mutaxassis Abdulhamid Qayumovning aytishicha, oxirgi on yilliklarda Tojikiston hududidagi muzliklarning erish surati tezlashgani kuzatilmoqda. Oxirgi 20-25 yil davomida Tojikiston hukumati mintaqa va jahonda suv, jumladan, chuchuk suv muammosini muntazam kotarib keladi. Tojikiston tashabbusi bilan suv zaxiralarini asrash maqsadida BMT 2025-yilni "Muzliklarni asrash xalqaro yili", deb elon qilgan.

Aslıda muzliklarning erishi global isish natijasida yuzaga kelayotgan va xalqaro hamjamiyatni tashvishga solayotgan muammolardan biri. Lekin Markaziy Osiyoda suv strategik ahamiyatga ega. BMT hisobotiga kora, Markaziy Osiyo suv tanqisligi ortidan mojarolar qozgalishi mumkin bolgan mintaqalardan biri. Afgonistonda hokimiyatni egallab olgan Tolibon Qoshteppa kanalini qurib, Amudaryodan suv olishni rejalashtirar ekan, mintaqada suv muammosi qayta dolzarblashmoqda.

Aynan shu kanal mintaqada yana bir mojaro ochogiga aylanishini taxmin qilayotgan ekspertlar ham mavjud.

Qoshteppa kanali qurilishidan qattiq tashvishga tushgan Ozbekiston Tolibon bilan shu masala yuzasidan muzokaralarga kirishdi.

Ozbekiston Suv xojaligi vaziri Shavkat Xamrayev 20-iyun kuni Toshkent shahrida jurnalistlar bilan suhbat paytida aytishicha, rasmiy Toshkent toliblarga bu kanal qurilishida ishtirok etish istagini bildirgan.

"[Loyihada] kop xato va kamchiliklar bor. Bizda aqlli loyihachilar, loyiha institutlari bor, birgalikda qilaylik. Kanal loyihasi boyicha 6 ta variant qilingan. Hammasini chuqur organganman. Bir-birimizni dostona xalqlar, deb hisoblashimiz kerak. Biz shunday niyat qildik: bu [kanal] ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan dostlik kanali bolib qoladi. Ular niyatimizga qoshildi. Biz ham yordam beramiz. Ular bilan shunday kelishganmizki, ishchi guruh tuzamiz", - degan Shavkat Xamrayev.

Vazirning aytishicha, Afgonistonning Amudaryodan suv olishini cheklash uchun biror mexanizm mavjud emas. Shuning uchun ham ikki taraflama kelishuvga erishish kerak, boshqa yoli yoq. Ammo rasmiy Toshkent Amudarya suvidan foydalanish masalasida Tolibon bilan kelisha oladimi?

2016-yili Ozbekistonda hokimiyat teppasiga Shavkat Mirziyoyev kelganidan song mintaqa daryolari oqimining yuqori davlatlari bilan bahsli inshootlar yuzasidan kelisha oldi. Uzoq yillar bahslarga sabab bolib kelgan Rogun hamda Farhod GESlari masalasida Tojikiston bilan va Qambarota GES-i, shuningdek, Kampirobod suv ombori kabi inshootlar masalasida Qirgiziston bilan ham kelishdi.

Shuningdek, Davlatlararo suv xojaligi muvofiqlashtiruvchi komissiyasi (DSMK) amal qiladi va har yili birgalikdagi yigilishda suvdan foydalanish miqdorini ozaro kelishib oladi. Masalan, 2022 yilning noyabri oyida DSMKning Ashxobodda otkazilgan yigilishida bir yil ichida (2022-yil 1-oktabridan 2023-yil 1-oktabrigacha) Amudaryo havzasidan olinadigan suv miqdori 55,4 milliard kub metrni tashkil etishi nazarda tutilib, undan Tojikiston 9,8 milliard kub metr, Ozbekiston 23,6 milliardga yaqin va Turkmaniston 22 milliard kub metr olishiga kelishib olingan edi.

Shuningdek, Sirdaryo havzasidan suv olish limiti 4,2 milliard kub metrni tashkil etib, undan Qirgiziston 47 million kub metr, Tojikiston 365 million, Ozbekiston 3,3 milliard va Qozogiston 452 million kub metr suv olishiga kelishilgan.

Ammo tojikistonlik siyosatshunos Rustam Husanov fikricha, Tolibon bilan kelishish oson bolmaydi va kelishilganida ham uning uzoq muddat ish berishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

"Bu juda murakkab masala. Chunki Tolibon hokimiyati boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan etirof etilgani yoq. Shu sababli bu masalaga boshqa tarafdan qaraydigan bolsak, ularning na xalqaro hamjamiyat oldida va na boshqa davlatlar oldida biror masuliyati yoq. Jumladan, mintaqa tabiiy resurslaridan foydalanish masalasida ham. Ikkinchidan, Tolibonning ichida ziddiyatlar mavjud. Bazan bu juda keskin tus oladi. Shuning uchun ham Tolibonning bir rahbari imzo qilgan hujjatni boshqasi etirof etadimi? Biri etirof etganini yangi kuchga kelgan boshqasi bekor qilmaydimi? Shu va shu kabi nozik tomonlari bor", - deydi siyosatshunos.

Ammo uzoq yillar suv xojaligida ishlagan mutaxassis Abdulatif Sultonov Qoshteppa kanalidan fojia yasamaslik kerakligini aytadi.

"Qoshteppa kanalini Toliblar oylab topgani yoq. Bu loyiha otgan asrning 70-yillari ishlab chiqilgan. Faqat Afgonistondagi urushlar sababli amalga oshirilmay qolib kelayotgan edi. Kanal avvaldan Balx, Juzjon va Faryobni suv bilan taminlashga moljallangan. Shu sababli uning uzunligi qariyb 300 kilometrga yetadi", - deydi Sultonov.

Suhbatdoshimizning fikricha, muammo Qoshteppa kanalining 50 yil oldingi loyiha asosida qurilishida.

"Bugungi kunda sir emas, Markaziy Osiyo davlatlari qishloq xojalik va sugorish tizimida suvning sezilarli qismi kanallarda yoqotiladi. Kanallarni sement qilish yoki quvurlar yotqizish kerak. Sugorish ishlari toliq zamonaviy texnologiyaga otkazilishi kerak. Ammo mintaqaning hech bir davlati bunga jiddiy etibor qaratmay kelmoqda. Bu soha katta islohotlarga muhtoj. Haqiqiy islohotlar amalga oshirilishi kerak. Bolmasa, Markaziy Osiyo davlatlarida suv muammosi dolzarblashib boraveradi. Bugungi kunda Markaziy Osiyo davlatlari xatosini Afgonistonda ham takrorlanayotgani achinarli. Asli mintaqada suv tanqisligining asosiy sabablaridan biri talafotlarning kopligida. To talafotlar yoqotilmas ekan, suvni tejashni, undan samarali foydalanishni yolga qoymas ekanmiz, suv tanqisligidan qutula olmaymiz", - deydi Sultonov.

Qoshteppa kanali Tolibon uchun siyosiy va strategik ahamiyatga ega ekanligini aytayotgan tahlilchilar ham bor. Ularning fikricha, Tolibon bu bilan ikki katta rejani amalga oshirmoqchi. Ulardan biri, Afgonistonning tojik, hazora, ozbek va turkmanlar koproq yashaydigan shimoliy hududlarini ham pushtunlashtirish.

Ikkinchisi, Markaziy Osiyoning eng yirik daryosi bolgan Amudaryo suvining bir qismiga egalik qilish orqali qoshni davlatlarga tasir, kerak bolsa bosim otkazish.

Tojikistonlik siyosatshunos Sherali Rizoyonning fikricha, har ikki reja ham haqiqat yoki haqiqatga yaqin bolishi mumkin.

"Mavjud murakkab vaziyatda muammoning yechimi qanday bolishini aytish qiyin. Ammo yechimni qayerdan qidirish masalasida, ishoralar qilish mumkin. Mening fikrimcha, Markaziy Osiyo davlatlari ozaro jipslashishi foydadan xoli bolmaydi. Qaysi shaklda bolishidan qatiy nazar mintaqaviy integratsiya orqali koplab muammolarga yechim topish mumkin", - deydi Rizoyon.

Suhbatdoshimizning fikricha, mintaqa daryolari oqimining yuqori va pastki qismida joylashgan davlatlarning ozaro yaqinlashuvi yangi rejalar ishlab chiqib, birgalikda yangi loyihalarni amalga oshirishga imkon tugdiradi.

XS
SM
MD
LG