Breaking News

Meksika orqali AQShga kirgan o'zbekistonliklar tergovda


AQSh-Meksika chegarasiga yetib kelgan migrantlar, 11-iyul, 2023.
AQSh-Meksika chegarasiga yetib kelgan migrantlar, 11-iyul, 2023.

CNN xabariga ko'ra, Federal qidiruv byurosi AQShdan boshpana so'rab Meksika orqali kirgan o'ndan ziyod O'zbekiston fuqarosini tergov qilmoqda. Razvedka ma'lumotlariga ko'ra, ular AQShning janubiy chegarasiga IShID ga aloqador kontrabanda guruhi yordamida yetib kelgan.

Garchi IShID ning konkret rejasiga doir biror ma'lumot bo'lmasa-da, byuro o'zbekistonliklarni atroflicha tergovdan o'tkazishga qaror qilgan.

"Amerika Ovozi" jurnalisti Navbahor Imamova kuni kecha AQShning Toshkentdagi Bosh konsuli Robert Romanovski bilan qilgan suhbatida ham AQSh-Meksika chegarasidan boshpana so'rab kirib kelayotgan o'zbekistonliklarni shu tariqa ogohlantirgan edi:

Meksika orqali kirishga AQSh konsuli nima deydi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:27 0:00

AQSh Bosh konsuli Rob Romanovski: Birinchidan, ularni bu oson kechadi, muayyan pul evaziga Amerikaga kirib olasan, deb ishontirayotgan kuchlar bor. Ular bundan manfaatdor. Bunday noqonuniy yo’llarni targ’ib qiluvchilar ko’p, chunki bu ular uchun biznes. 20-30 ming dollar so’rashadi, olishadi.

Bu egri tanlov va fojiali. Oilalar barbod bo’ladi, odamlar qarzga botib, qulga aylanadi. Siz kabi jurnalistlar masalani muntazam yoritayotgani foydali, odamlar haqiqatga tik ko’z bilan qarashi kerak. Tavakkal qilish bunday ishda aksariyat hollarda yaxshilikka yetaklamaydi.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Odamlar Amerika chegarasiga yetib olsam, ichkaridagi tanishim kelib, meni olib ketadi, deb umid qiladi.

AQSh Bosh konsuli Rob Romanovski: Lekin bu qonunga zid harakat va odatda unday bo’lmaydi. Omadga ishonib, hayotingiz bilan o’ynashasiz. Kimga boshpana berilib-berilmasligi mening ishim emas, ammo uni olish odamlar o’ylaganidek oson emas.

Mening tahlilim: bu insonlarning ko’pchiligi iqtisodiy migrantlar. Tirikchilik uchun shu yo’lni tanlashadi. O’zbekistonliklar ularning bir qismi xolos. Turli davlatlardan kelishadi. Mamlakatma-mamlakat viza olib kelayotganlarni AQSh hozirda kuzatadi va aniqlab, boshqa davlatlar bilan hamkorlikda chora ko’ra boshlagan.

Navbahor Imamova, "Amerika Ovozi": Yo’l-yo’lakay g’oyib bo’lganlar, qiyin ahvolda qolganlar bilan siz ham shug’ullanasizmi, xabar berilsa?

AQSh Bosh konsuli Rob Romanovski: Yo’q, chunki bizning ishimiz emas. Bu odamlarga o’sha davlatlardagi konsulliklari qaraydi. Masalan, Meksikada bo’lsa, O’zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari shug’ullanadi. Bizning ishimiz bu yerdagi amerikaliklarning mushkulini oson qilish, ularga xizmat ko’rsatish. Avvalo, bu yo’l bilan Amerikaga borishga harakat qilmang. Yordamni biz emas, sizning konsulligingiz berishi kerak.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG