Breaking News

Gollivud ssenariylarni yozishda sun'iy intellektni ishlatmaslikka rozi bo'ldi


Gollivud kino yozuvchilari bilan qanday kelishdi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:36 0:00

Ish tashlashda qatnashayotgan Gollivud aktyorlari xuddi yozuvchilar kabi film ishlab chiqarishda sun'iy intellektdan foydalanishni cheklash umidida. O'tgan hafta yirik studiyalar bilan kelishuvga erishgan kino sanoati yozuvchilari besh oylik ish tashlashni yakunlagan edi.

Yozuvchilarning besh oylik ish tashlashiga yakun yasagan kelishuvga ko’ra, studiyalar "adabiy materialni yozish yoki qayta yozish"da sun'iy intellektdan foydalanmaydi. Yozuvchi Anjela Yorgensen buni ulkan yutuq deb hisoblaydi.

"Sun’iy intellekt doirasini cheklash, biz yozuvchilar yaratadigan asarlarni sun’iy intellektga o'rgatishning oldini olish orqali ish joylarimizni himoya qilishadi", - deydi u.

Studiyalar yozuvchilarga berilgan materialda sun’iy intellekt ishlatilgan yoki ishlatilmagani haqida ma’lumot berishi kerak kerak. Yozuvchilar esa “ChatGPT” kabi dasturlardan foydalanish erkinligiga ega bo'ladi. Al Septien bundan xursand.

"Agar xohlasak, biz sun'iy intellektdan foydalanishimiz mumkin, ammo bizni majburlashmaydi. Va undan foydalanishimiz bizga to’lanadigan haqni kamaytirmaydi", - deydi yozuvchi.

Xitoyliklar Gollivud filmlariga qanday ta'sir ko'rsatmoqda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Ba'zi yozuvchilar ish tashlagan aktyorlarni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. Aktyor Ron Songning aytishicha, asosiy masala aktyorlarning "raqamli" nusxalaridan foydalanish haqida.

"Agar shartnomada sun'iy intellekt bilan bog'liq har qanday so'z bo'lsa, masalan, "aktyorning roziligisiz uning o’xshashini ishlatish " yoki aktyorni chiqarib yuborish shartnomaning bir qismi sifatida taklif qilinsa, shartnomani imzolamaslik kerak”, - deydi u.

Yozuvchilar bilan tuzilgan yangi uch yillik shartnoma shuningdek, maoshni oshirish va qo’shimcha bonuslarni ham o'z ichiga oladi. Yozuvchi Jasmin Pek shu paytgacha e’tibordan chetda bo’lgan yozuvchilarga ham imkoniyat berilayotganini qayd etadi.

"Qora tanli yozuvchilar, noan’anaviy oriyentatsiyadagi yozuvchilar, xullas, qabul qilingan ko'pchilikning bir qismi bo'lmagan har qanday yozuvchi, nogiron yozuvchilar, tarixan bu sohada faol bo'lmagan odamlar ham endi o’z o’rniga ega bo’ladi", - deydi u.

Kino va televideniye prodyuserlari alyansi yozuvchilar bilan tuzilgan kelishuv tafsilotlari haqida bayonot bermadi. Studiya rahbarlari Ekran aktyorlari gildiyasi bilan ham muzokaralarni boshlagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG